22:29 / 02.10.2020
1 045

Olimlar kunning eng sermahsul pallasini aniqlashdi

Olimlar kunning eng sermahsul pallasini aniqlashdi
Foto: «Golos.ua»
Ko‘pchilikning nazarida, ertalab — kunning eng sermahsul pallasi. Ammo bu fikrga qarshilar ham yetarlicha topiladi, masalan, Monash (Avstraliya) va Granada (Ispaniya) universitetlari olimlari. GQ xabariga ko‘ra, olimlar o‘z tajribalari davomida shunga amin bo‘lishdi.

Anchagina katta tadqiqot o‘tkazilgan — 500 ming nafar talaba jalb etilgan!
Bu talabalarning barchasi kunning belgilangan ma’lum vaqtlarida imtihon topshirishgan: soat 9:00, 13:30 hamda 16:30 da.

Tadqiqotchilar besh yil davomida, nazorat ostidagi har bir talaba uchun o‘rtacha oltitadan imtihonni tanlagan holda, tahlillarni davom ettirishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, unumdorlik nuqtai nazaridan va turgan gapki eng yuqori ballarni to‘plash borasida soat 13:30 dagi testlarda eng yaxshi natijalar qayd etilgan.

Mutaxassislar bunday shunday xulosaga kelishdi: insonning ishchanligi va kognitiv xususiyatlari tushlikdan so‘ng eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Yana bir jihat e’tiborni tortgan: yoz oylarida miya faoliyati tongga yaqin, qish faslida esa kechga yaqin eng faol nuqtasiga ko‘tarilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)