Nodirbek Abdusattorov bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishib qolgani haqida so‘zlab berdi (video)

Nodirbek Abdusattorov bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishib qolgani haqida so‘zlab berdi (video)

O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishib qolgani haqida so‘zlab berdi. Ularning ilk uchrashuvi Navro‘z bayrami munosabati bilan Yangi O‘zbekiston bog‘ida tashkil etilgan konsertda bo‘lib o‘tgan.

Shaxmatchining aytishicha, tadbirga u sportchi sifatida taklif qilingan. Shu tadbirda kimyo fani bo‘yicha yana bir o‘quvchi, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i va boshqa bir qiz ham ishtirok etgan.

Qiziq tomoni, tadbirdan keyin ertalab ularni hokimiyatga olib ketishayotganida telefon raqam berish kerak bo‘lgan. Abdusattorov esa bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining raqamini olishning ham bir amallab uddasidan chiqqanini kulib eslaydi.

Shu tariqa Navro‘z konsertida boshlangan tanishuv keyinchalik jiddiy munosabatga aylangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar