3 030
Har bir zamonaviy ona bilishi kerak bo‘lgan shifokor Komarovskiyning 10 ta oltin qoidasi
Foto: «Liza»
Ayrim ota-onalar tarjribali shifokor taklif qilgan davolash hamda ta’lim usullaridan rozi bo‘lmaydi. Ammo ularni sinab ko‘rganlar esa hech qachon atrofdagilar beradigan maslahatlar bilan yashamaydi.
Xonadagi havo salqin va nam bo‘lishi kerak
Xonadagi toza havo va namlik nafaqat bola uchun hayotiy zarurat hisoblanadi, balki kuchli immunitetning ham kafolatidir. Aynan bunday muhit kasalliklardan tezroq qutulish va ularning oldini olishda ham samarali yordam beradi. Shifokor Komarovskiy xonaning harorati 16-18 daraja, namlik esa 50-70 foiz bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Va, albatta, bolani yoshligidan yelvizakdan qo‘rqitmaslik va kasal bo‘lmaslikka o‘rgatish uchun muntazam ravishda xonada havo tozalanib turishi kerak.
Shuningdek, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, har kuni barcha joyni namlab tozalash va maxsus qurilma – namlagichdan foydalanish kerak. Ayniqsa, yumshoq o‘yinchoqlar va gilamlar chang to‘plovchi buyum bo‘lib, albatta, ulardan qutulgan yaxshi.
Bolalikdan chiniqtirish kerak
Shifokor Komarovskiyning kitoblarida cho‘milishga bag‘ishlangan mavzular mavjud. Uning fikriga ko‘ra cho‘milish bolaning gigiyenasi uchun emas, uning chiniqishi uchun muhim.
Buning uchun bola cho‘milayotganda hammomning eshigi ochiq bo‘lishi, suv haroratini har kuni issiqdan sovuqqa pasaytirib borishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan butun jarayon 30 daqiqa davom etishi zarur. Bola cho‘milib bo‘lgandan so‘ng uni shamollatilgan xonaga olib kirish, kiyintirish va yotqizish kerak.
Bola sog‘lig‘ining javobgarligi faqat ota-onaga tegishli
Mutaxassis ko‘plab bolalarning kasal bo‘lish sababini ota-onalar sog‘liqqa noto‘g‘ri munosabat bo‘lishida, deb hisoblaydi. Ya’ni bola muntazam ravishda shamollab tursa, birinchi navbatda unga qanday e’tibor berilayotganini o‘ylash kerak. Masalan, to‘g‘ri kiyinish, dam olish, tana kasalliklariga dosh berishda yordam berish.
Shuningdek, savodxonlik darajasini oshirish ham muhimdir. Axir bolaning salomatligi birinchi o‘rinda ota-onaga tegishli. Shuning uchun bolani so‘g‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi uchun aql bilan ish tutish kerak.
Ovqatga majburlashning keragi yo‘q
Bolani ovqat yeyishga majburlash nomaqbul usul hisoblanar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bola ovqatlanishga majbur qilinsa, u hech qachon ochlik hisini sezmay ulg‘ayaveradi. Agar bolaning ishtahasi unchalik yaxshi bo‘lmasa, bolalarning jismoniy faolligini oshirish haqida o‘ylash kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bolaga shirinliklar va gazlangan ichimliklarni cheklash yaxshi. Buning uchun uning o‘rniga quritilgan meva, asal, mevali choy sharbati va mevali ichimliklar tavsiya etiladi.
Ko‘pgina hollarda dori-darmonlardan voz kechish mumkin
Agar pediatr bola tekshiruvidan so‘ng aynan bitta dorini yozmagan bo‘lsa, demak, tavsiyalar orasida aytib o‘tgan bo‘ladi. Bu vaqt ichida ayrim ota-onalar shifokorni malakasizga chiqaradi.
Shifokor Komarovskiy bolalarda ayrim kasalliklar bo‘lsa, uning ichini dori vositalariga to‘ldirish shart emas, deb aytadi. Qayta tiklanish uchun to‘g‘ri sharoitlarini tanlab olish kerak, shundagina tana barchasini o‘zi hal etadi. Buning uchun uyda istalgan haroratni saqlash, xonani namlash, tozalash ishlarini muntazam olib borish kichkina bemorning salomatligi uchun muhimdir.
Ortiqcha vitamindan foydalanmaslik zarur
Shifokor Komarovskiy vitamin ovqatga qo‘shimcha emas, balki shifokor tayinlashi kerak bo‘lgan to‘liq dori ekanligi takrorlashdan charchamaydi. Bolani o‘z-o‘zicha davolash va vitaminlar berish, nazorat qilinmagan jarayon jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Sayr kasallikning oldini olishda yordam beradi
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kundalik yurish har qanday kasallikning oldini oladi. Bolaning sog‘lig‘iga hissa qo‘shadi. Ayniqsa, uyqudan oldingi sayr juda foydali. Bunday damda bolalar qancha ko‘p sayr qilsa, shuncha yaxshi. Uyqu, ovqat, ishdan tashqari vaqtni sayr qilishga bag‘ishlashi zarur. Bundan tashqari, farzandlarga bolaligidanoq ochiq havoda sayr qilishga muhabbatni shakllantirish muhimdir. Qo‘ziqorin, o‘rmon va baliq ovi kabi ajoyib g‘oyalar bilan butun oilani sayrga safarbar qilish mumkin.
Dala-hovlida dam olish dengizdan ko‘ra yaxshiroq
Odatda dengizga sayohat uzog‘i bilan bir hafta davom etadi. Bu paytda kichkina sayohatchilarning organizmi iqlim va haroratga moslashishi kerak. Ba’zan bu qisqa o‘zgarishlar doim ham foydali bo‘lavermaydi. Ammo bolalarni qishloq hovlilariga yuborish sog‘liq uchun samarali yechim. Yoz bo‘yi toza havo, quyosh taftida bola chinakamiga chiniqadi. Uning yalangayoq, och hamda tengdoshlariga qo‘shilib turli xil o‘yinlarni o‘ynashi uning immunitetini mustahkamlaydi.
Bolani issiqqa o‘rab tashlash mumkin emas
Shifokor Komarovskiy bolani to‘g‘ri kiyintirish kerakligi haqida ta’kidlaydi. Uni ortiqcha issiq kiyimlardan xalos qilish kerak. Aslida shamollash sovuq yoki iliq havodan emas, balki issiqlikdan kelib chiqadi. Shuningdek, haddan ortiq issiqlik modda almashinuvi jarayonini tezlashtirib yuboradi. Odatda kattalar uchun havo iliq bo‘lsa, bu bolalar uchun issiq hisoblanadi,
Immunitetni oshirishga urinmaslik kerak
Bu aynan qo‘shimcha dori vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq. Shifokor Komarovskiy bu yo‘l bilan immunitet oshmasligiga amin. Shuning uchun barcha turdagi immunomodulyatorlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu shunchaki tibbiyot bilan bog‘liq tijorat bo‘lishi mumkin. Bola immunitetini oshirishda eng yaxshi tasdiqlangan usul – yoshlikdan sog‘lom turmush tarzini singdirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi