Foto: Healthline
Vitamin va mikroelementlarning inson salomatligidagi roli beqiyos. Ularning yetishmasligi esa sog‘liq va tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq turli muammolarga sabab bo‘ladi.
Kapillyarlarning kengayishi
Amerikaning Michigan universiteti olimlarining ta’kidlashiga qaraganda, hatto oz miqdorda C vitamini yetishmasligi ham kupergoz, ya’ni tomirli to‘rchalarga sababchi bo‘ladi. Ushbu muammoning oldini olish yoki bartaraf etish uchun sitrus mevalar, qorag‘at va brokkolini ratsionga kiritish kerak. Shundan keyin ko‘p o‘tmay ijobiy natijani kuzatish mumkin bo‘ladi.
Yara va shilinishlar tez bitmaydi
Taom tayyorlayotgan vaqtingizda to‘satdan qo‘lingizni kesib olgan bo‘lsangiz va bir necha hafta o‘tsa hamki bitmayotgan bo‘lsa, bu C vitaminining yetishmayotganidan darak beradi. Gap shundaki, aynan mazkur element kollogen sinteziga javob beradi: uning yetishmasligi teri tiklana olmasligiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, erta qarish ham organizmda C vitamini kam ekani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Quruq soch va teri
Bu borada hammasi boshqacharoq, teri va sochda istalgan mikroelement yetishmaganda taqdirda ham muammo kuzatiladi. Organizmdagi ma’lum moddaning yetishmasligi ichki a’zolar faoliyatidan tashqari, tashqi ko‘rinishda ham aks eta boshlaydi. Teri avvalgidan quruqlashadi va sochda ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
Yuz terisining so‘lg‘in ko‘rinishi
Bunda ham yechim ortiqcha harakat talab qilmaydi, shunchaki C vitaminiga boy mahsulotlarni kanda qilmaslik kerak xolos. Ammo bu borada ehtiyotkor bo‘lishni ham unutmaslik kerak. Chunki krem yoki zardob tarkibida mazkur komponent miqdori ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, unda iste’mol borasida me’yorni bilgan yaxshi. Shuningdek quyosh nurlaridan ham saqlanishga harakat qilish kerak, negaki ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuzda pigment-dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi