09:46 / 24.10.2020
3 328

Jig‘ildon qaynashidan xalos etadigan tabiiy mahsulotlar

Jig‘ildon qaynashidan xalos etadigan tabiiy mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Jig‘ildon qaynaganda achchiq va qovurilgan taomlar, tomat sousi, qahva va nondan tiyilish kerak. Buning o‘rniga quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Zanjabil
Hazm jarayonini yaxshilagani sabab ham qorinda og‘riq paydo bo‘lganda yoki shishganda zanjabil iste’mol qilinadi. Bundan tashqari, u jig‘ildon qaynashida ham yordam beradi. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega ekani sabab asab tizimini tinchlantiradi va oshqozondagi kislotani kamaytiradi. Undan ichimlik tayyorlash uchun uni mayda qilib to‘g‘rab, ustidan qaynagan suv soling. Shakar solmang va ovqatdan avval iste’mol qiling.

Banan
Nordon mevalar — apelsin, greypfrut va boshqalar jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Banan esa aksincha, ishqorli mahsulotlardan hisoblanadi. Shu sabab ham oshqozondagi kislotani kamaytiradi va yoqimsiz simptomlarni bartaraf etadi.

Yogurt
Jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadiganlar uchun tabiiy yogurt eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Buning uchun yogurtga boshqa mevali qo‘shimchalar qo‘shilmagan va yog‘siz bo‘lishi kerak. Jig‘ildon qaynashining oldini olish uchun esa kechasi ovqatlanmaslik va ovqat iste’mol qilish orasida yetarli vaqt bo‘lishiga amal qilish kerak.

Qovun
Banan singari qovun ham kislotani neytrallashtirishi mumkin bo‘lgan ishqorli mahsulot hisoblanadi. Bir bo‘lak qovunni jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladigan nordon mevalar o‘rniga kokteyl yoki smuziga qo‘shib ichish mumkin. Ammo banan va qovunni iste’mol qilishni me’yoridan oshirib yubormaslik kerak bo‘ladi.

Yashil sabzavotlar
Karam, ismaloq, gulkaram, shuningdek, ulardan tayyorlangan salat salomatlik uchun naqadar foydali ekani haqida ma’lumotlar ko‘p. Qo‘shimchasi ham zarar qilmaydi: mazkur mahsulotlar jig‘ildon qaynashida samarali yordam beradi.|

Suli yormasi
Suli yormasi oshqozon, hazm jarayonida muammosi bor kishilar uchun eng foydali mahsulotlardan sanaladi. Jig‘ildon qaynashida ham yordam beradi, uni suvda yoki yog‘siz va bodom sutida pishirish kerak bo‘ladi. Ta’sir kuchini oshirish uchun undan tayyorlangan bo‘tqaga bir bo‘lak banan solish tavsiya qilinadi. Jig‘ildon qaynashi asosan ortiqcha vaznli kishilarda ko‘proq kuzatiladi.

Saqich
Saqich chaynaganda so‘lak ko‘p miqdorda ajralib chiqadi, bu esa qizilo‘ngach devorlaridagi kislotaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat yalpiz ta’mli saqichlarni tanlamaslik, och qoringa emas, ovqatdan keyin chaynash kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jig‘ildon qaynashidan xalos etadigan tabiiy mahsulotlar