19:36 / 27.11.2020
3 573

Vitaminlarga boy mevaning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari

Vitaminlarga boy mevaning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari
Foto: «fishing-karavan.ru»
Anor yurak-qon tomir tizimini sog‘lom saqlashda iste’mol qilinadigan mevalardan biridir. Uning tarkibidagi B12 vitamini qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, ularning elastikligini oshiradi va qizil qon tanachalari va gemoglobinning faol sinteziga yordam beradi.

Shuningdek, anor mevasi miya va asab tizimining ravon ishlashi uchun ham muhim hisoblanadi. Ma’lumki, gemoglobin pastligi tufayli miya yetarli miqdorda kislorod olmaydi, shuning uchun insonda surunkali charchoq, xotira susayishi va diqqatni jamlashda muammolar paydo bo‘ladi.

Organizm virusli kasalliklarga juda moyil bo‘lgan vaqtda anor mavsumi boshlanadi. Anor C vitamini va mevali kislotalarga boy bo‘lib, ular organizm hujayralarini zararlanishdan himoya qiladi. Immunitetning eng asosiy himoyachisi − immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, anor kuchli antibakterial va antiseptik xususiyatlarga ega, bu esa organizmni bakteriyalardan ishonchli himoya qilish imkonini beradi.

Foto: Harper’s Bazaar
Anor sharbati turli xil meva – limon, olma, shovul va qahrabo kislotalari bilan to‘yingan. Ular organizmda pH-muvozanatini tartibga solish, toksinlarni chiqarib tashlash, organizmni zararsizlantirishni ta’minlash, ovqat hazm qilishni rag‘batlantirish va modda almashinuv jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi. Ammo oshqozon o‘ta sezuvchan bo‘lsa, u holda anor sharbatini suv bilan suyultirib, so‘ngra iste’mol qilish kerak. Aks holda undagi yuqori kislotalilik bir qancha noxushliklarga olib kelishi mumkin.

Anorning eng foydali jihatidan yana biri − go‘zallik va yoshlikni saqlab qolishga yordam beradi. C vitamini, mevali kislotalar va teri oshlovchi moddalar hisobiga yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi va terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vitaminlarga boy mevaning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari