Foto: «Depositphotos / vitanovski»
Stress onkologik kasalliklarning qaytalanish ehtimolini oshiradi, chunki u saraton hujayralarini uyqudan «uyg‘otadi». Rossiya, Germaniya va AQSh olimlari buni aniqlash uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qancha tajribalar o‘tkazishdi. Bu haqda «Science Translational Medicine» xabar berdi.
Hatto, muvaffaqiyatli davolangandan keyin ham organizmda «uxlayotgan» saraton hujayralari qoladi. Ular asosiy o‘smadan uzoqda joylashgan bo‘lishi mumkin: faol bo‘lmaganligi sababli preparatlar ta’sir qilmaydi.
Muayyan vaqtgacha bunday hujayralar katta zarar yetkazmaydi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir stress ularni faollashtirib yuboradi.
Olimlar tajriba o‘tkazish uchun o‘pka va tuxumdonida «uyqudagi» saraton hujayralari bo‘lgan sichqonlarni tanlab olishdi. Ular jonivorlarning harakatini cheklashgandi, kuchli stressga olib keldi. Ko‘pgina kemiruvchilarda o‘sma qaytalanishi rivojlana boshladi.
Stress ta’sirida sichqonlar organizmida noradrenalin va kortizol gormonlari ajralib chiqdi. Ular immun hujayralariga (neytrofillar) ta’sir ko‘rsatishgandi, S100A8 va S100A9 oqsillarini ishlab chiqara boshladi. Aynan shu oqsillar o‘sma hujayralarini «uyg‘otdi». Stress gormonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadigan beta-blokatorlar yuborilgan sichqonlar o‘sma qaytalanishidan qutulib qolishdi.
Olimlar, shuningdek, saraton kasalligiga chalingan odamlarning to‘qima namunalarini tahlil qildilar. Ma’lum bo‘lishicha, S100A8 va S100A9 oqsillari yuqori darajada bo‘lgan bemorlarda kasallik qaytalanishi ehtimoli ortadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»