21:33 / 11.12.2020
4 429

Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Sog‘lom sochlargina chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu ularning qalin, yorqin va uzunligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi. Albatta, kosmetologlar tavsiya etadigan qimmatbaho shampun va niqoblar ham foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu birinichi navbatda tashqi ta’sir hisoblanadi. Shuningdek, sochlar uchun muolajada avvalo, ratsionga foydali mahsulotlar kiritish va ularning iste’moli tufayli yaxshi natijaga ham erishish mumkin.

Losos balig‘i
Losos balig‘i – D vitamini, omega-3 yog‘ kislotalarining omboridir. Bularning barchasi sochga yorqinlik bag‘ishlaydi. Soch follikulalarini hujayra darajasida mustahkamlaydigan mikroelementlar bo‘lib, ularning tez o‘sishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot tarkibida V12 vitamini va temir moddasi mavjud bo‘lib, ular bosh terisini yaxshilaydi.

Sariq bulg‘ori qalampiri
Sochlarni tovlanmasligining yana bir sababi – stress. Sressga qarshi kurashish va immunitetni mustahkamlashda sariq bulg‘ori qalampiri apelsinlarga qaraganda besh baravar ko‘proq samara beradi. Salatlarga oz miqdorda qo‘shilgan sariq bulg‘ori qalampiri soch follikulalarini tiklaydi va soch tolasining gullashini oldini oladi.

Dengiz mollyuskasi
Sink moddasi oqsil almashinuvining muhim tarkibiy qismi sifatida sochlar uchun juda zarur. Bundan tashqari, sink tufayli ular yanada qalinlashadi. Tanadagi ushbu elementlarning zaxirasini to‘ldirish uchun dengiz mollyuskasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning bir donasi tanada bir kunlik sink miqdori bilan ta’minlaydi.

Tuxum
Tuxum, oqsil, biotin va B12 manbasi hisoblanadi. Shuningdek, tuxum sarig‘i ham soch uchun alohida ahamiyatga ega. Lekin juda ko‘p iste’mol qilish boshqa noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uning iste’molini haftasiga 3 donadan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Bodom
Bodom hujayra membranalari uchun foydali bo‘lgan yog‘ kislotalarining manbasidir. Ular hujayra ichidagi namlikni saqlashga yordam beradi, sochlarning suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, erta qarishning ham oldini oladi. Bodomning o‘zini ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan saqlanish zarur. Uni salatlar yoki shirinliklar tarkibida tanovul qilish ham yaxshi samara beradi.

Pista
Pistaning alohida ahamiyati E vitamini bo‘lib, u nafaqat yurakning me’yorida ishlashi va qon tomirlarining sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, balki hujayralararo modda almashinuv jarayonini faollashtiradi. Bundan tashqari, urug‘lar selenga boy bo‘lib, u zararli ultrabinafsha nurlanishidan va atrof-muhitning boshqa salbiy omillarida tabiiy himoya qiladi.

Kartoshka
Kartoshka tarkibida qimmatbaho beta-karotinlar, tabiiy yoshlik eleksiri va A vitaminining xavfsiz manbasi mavjud. Uning yetishmovchiligi bosh terisi po‘stlog‘i va soch tolasi siyraklashishiga olib keladi. Sochlarning sog‘lig‘i uchun hujayra darajasida mas’ul bolgan beta-karotinlar sabzi va o‘riklarda ham uchraydi. Ammo kartoshkada boshqa foydali elementlar ham mavjud.

Avokado
Dietologlarning eng sevimli mahsulotlaridan biri – turli xil vitamin va minerallarga boy avokadodir. Uning tarkibida A, C, E, D, P va K vitaminlari mavjud. Haftasiga 1-2 marta avokado iste’mol qilish sochlarning o‘sishi va yangilanishini rag‘batlantiradi. Quruqlik va mo‘rtlikdan himoyalaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar