Foto Freepik
Keragidan ortiq ovqatlanish ko‘pchilikni bezovta qiladigan muammo hisoblanadi va ba’zi hollarda bu emotsional holat, stress va boshqa psixologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan xalos bo‘lishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.
Och qolmaslikka harakat qiling
Haddan ortiq darajada och qolmang. Kishi och qolib ketsa, ko‘p ovqatlanib yuborish xavfi yuqori bo‘ladi. Nonushta, tushlik va kechki ovqat orasida ochlikni his qilsangiz, tamaddi qilib oling. Ammo iloji boricha tamaddiga meva yemaslikka harakat qiling, chunki ularning iste’molidan keyin qondagi qand miqdori o‘zgarishi, buning oqibatida esa ochlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Shoshmasdan ovqatlaning
Shoshmasdan ovqatlanilganda taomning ma’lum qismi hazm bo‘ladi va organizm sizni to‘ydi deb hisoblaydi. Kun davomida uch mahal o‘z vaqtida ovqatlanish doimiy odatingiz bo‘lsin. Ovqatlanish vaqtida muammo va tashvishlar haqida o‘ylamasdan taomdan rohatlaning. Eng asosiysi esa taomni yaxshilab chaynab, keyin yutishga e’tibor qarating.
Suv ichishni unutmang
Ko‘p hollarda chanqash bilan ochlik hissi adashtiriladi va buning oqibatida keragidan ko‘p ovqatlaniladi. Kun davomida taom orasida suv ichishni unutmaslik kerak. Ochlik his qilinganda taom iste’molidan yarim soat avval bir stakan suv iching. Suv oshqozonni bir oz to‘ldirgani hisobiga siz kamroq iste’mol qilishingiz mumkin.
Telefon yoki noutbuk qarshisida ovqatlanmang
Ekranga tikilib o‘tirib, qancha ko‘p ovqat yeganingizni bilmay qolishingiz, nazorat qila olmasligingiz mumkin. Qolaversa, bu vaqtda miya ovqat bilan emas, ma’lumot qabul qilish bilan band bo‘lgani sabab bu oshqozon kasalliklari, masalan, gastrit keltirib chiqarishi mumkin.
To‘yib uxlang
To‘yib uxlamaganda organizm stressni boshdan kechiradi. Uyqu yetishmagani, dam olmagani hisobiga esa qo‘shimcha energiya kerak bo‘ladi va buni ovqat hisobidan qondirmoqchi bo‘ladi. Shu sabab erta yotib, 8 soatdan kam uxlamaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi