Foto: Cosmopolitan
Qishda harorat sovuq bo‘lgani hisobiga teri har doimgidan boshqacharoq parvarish talab qiladi. Shu sababdan ham kosmetik vositalarni tanlash va makiyaj qilishda ham boshqacharoq yondashish kerak.
Qishki kosmetika qanday bo‘lishi kerak?
Oziqlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan krem va tonal kremlardan foydalanish kerak. Yozda surtilgan tonal kremlardan sovuq mavsumda ham foydalanish tavsiya qilinmaydi. Unchalik quruq bo‘lmagan, tarkibida yog‘ bor kremlar qahratonning sovuq harorati va shamoldan terini saqlaydi.
Terini har kuni namlantirish kerak. Bir kun ichida teri sovuq harorat va bino ichidagi issiqlik sabab qurib qolishi mumkinligi sabab ham tunda namlantirish, kunduzi esa antioksidantli oziqlantiradigan krem bilan terini himoyalash kerak.
Foto: Cosmopolitan
- Qo‘shimcha ravishda terining qurishiga sabab bo‘luvchi pudradan voz kechgan yaxshi.
- Rumyana esa qishda tabiiy va chiroyli ko‘rsatadi. Ushbu mavsum uchun kremli variantini tanlash tavsiya qilinadi.
- Ko‘z uchun uzoq turadiganidan foydalangan yaxshi. Kipriklar uchun iliq suvda yuviladigan termotushdan foydalaning. Bundan keyin yomg‘ir ham, qor ham makiyajingizga zarar yetkazmaydi.
- Ayniqsa, labga alohida e’tibor berish kerak. Shu sabab ham tunda uxlashdan avval lab uchun balzam surishni unutmang. Pigment va blesklardan esa foydalanmagan yaxshi. Shuningdek, E vitamini va boshqa oziqlantiruvchi komponentlardan iborat lab bo‘yog‘idan foydalaning.
Foto: Cosmopolitan
Qishki makiyajning o‘ziga xosligi
Birinchi qoida, qancha och bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ushbu mavsumda teri rangi ochargani sabab ham yozda surtgan tonal kremingizdan bu faslda foydalana olmasligingiz mumkin. Bronzerdan ham iloji boricha foydalanmagan ma’qul. Buning o‘rniga yuqorida ta’kidlanganidek, rumyanadan foydalaning. Agar oppog‘oy bo‘lib qolishni istamasangiz, makiyajning uzoq turishini ta’minlaydigan va terini rangliroq ko‘rsatadigan maxsus sprey ishlating. Olovrang, shaftoli rang, bronza rang va tilla rang tenlarni yozda surtgan yaxshi. Kul rang, jigarrang, siyohrang va moviy ranglar qishki makiyaj uchun ayni muddao. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi