Shunday sindrom bormi? Kitoblarda albatta yo‘q, biroq hayotda bor. So‘nggi paytlarda 17-20 yoshga yetgan o‘g‘li yoki qizining xarakteridan norozi ota-onalar soni ko‘paygandek go‘yo. Mana bu o‘g‘limni (qizimni) bir ko‘rib qo‘ysangiz, xarakteriga tushuna olmay qoldim, yegani oldida, yemagani ortida, tagiga mashina olib berib qo‘yganmiz, eng yaxshi noutbuk va smartfon bunda, zo‘r institutga kirgizib ham qo‘ydik, shahar markazida hashamatli uyimiz, tog‘ yon bag‘rida dala hovlimiz bor, uy xizmatkori ham yollaganmiz.
Biroq bu sharoitlar negadir o‘g‘limga (qizimga) teskari ta’sir qilayapti shekilli. Uyda bir ish qilay demaydi, qilsayam chala qiladi, chiroyli va qimmat kiyinishni xush ko‘radi, ko‘chadan beri kelmaydi, xatto ovqatlangan idish-tovog‘ini dasturxondan olib qo‘ymaydi, ish buyursang hafa bo‘ladi, ukam yoki opam qilsin deydi, qattiqroq koyisang uyalmay arazlab uydan chiqib ketadi. Axir mening ham, otasining ham bolaligi juda qiyin o‘tgan, olti bolali uyda katta bo‘lganmiz, katta mehnatlar evaziga qiyinchilik bilan shu darajaga erishganmiz, bir-birimizga juda mehr-oqibatli bo‘lganmiz.
O‘g‘limga (qizimga) qancha mehr bersak, shuncha mehrli bo‘lish o‘rniga xudbin bo‘lib boryapti. Xatto juma namozga qatnaydi. Tavba, shunda ham o‘zgarmadi. Otasi qattiqqo‘l bo‘laman, deb bir-ikki marotaba urishib bergan edi, yoniga yo‘lamaydigan bo‘ldi va o‘z soyagohini yomon ko‘rib qoldi. Biror marotaba kasal qilmay o‘stirganman, biroq biz kasal bo‘lib qolsak ishi ham yo‘q.
Ayting, nega bolam shunday, bunga na psixoterapevt, na mullaga o‘qitish, na buvasi yoki buvisining o‘giti yordam beradi? Biz murojaat qilmagan odam qolmadi. Axir yomon tarbiya bermagan bo‘lsak, mehrimizni ko‘rib-bilib turgan bo‘lsa. Nima qilaylik?! Naslimiz ham toza! Nima qilishni bilmay qoldim. Bu nima o‘zi?! Ruhiy kasallikmi? Tarbiyadagi nuqsonmi? Bu nima balo o‘zi?
Buni men “Hashamatli hayot sindromi” deb atagan bo‘lur edim. Asosiy sababi, albatta, bu – to‘q oila!
“Hashamatli hayot sindromi” rivojlanishiga turtki bo‘luvchi asosiy omillar:
1) Uyda xizmatkor saqlash va bolani mehnatga o‘rgatmay katta qilish;
2) Ilk bolalik davridan uni o‘z holiga tashlab qo‘yish;
3) Nopok yo‘llar bilan topilgan pullar evaziga boqish;
4) Bolaning har bir xarxashasini so‘zsiz bajarish;
5) Bola oldida o‘zaro baxslashaverish;
6) Ilk bolalik davridan qimmatbaho narsalarga o‘rgatish va sotib olib berish;
7) Topib kelingan pullarni bolaning oldida sanash;
8) Ota-onaning ishdan kech qaytishi va h.k.
Xo‘sh nima qilish kerak? O‘g‘il yoki qiz aqlli-xushli bo‘lib o‘sib-ulg‘aysin deb na azoblar bilan erishilgan hashamatli hayotdan voz kechaylikmi endi?
Hashamatli hayot sindromini oldini olish yo‘llari:
1) Bola uch yoshga to‘lgunga qadar Sizga dekret ta’tili berildimi, ishlamang, vaqtingizni bola bilan o‘tkazing. Bolani ko‘krak suti bilan boqing, mehr bilan emizing. Sut bilan nafaqat oziq moddalar, balki Ona mehri ham o‘tadi. Emib katta bo‘lgan bola onaga ham, otaga ham mehrli bo‘ladi. Erkak kishi esa na homilador ayol, na bola emizadigan ayol bilan urishmasin, uni hafa qilmasin. Bola onaning qornida hammasini eshitib yotadi va miyasiga yozib qo‘yadi. Shuningdek, janjal paytida qonda to‘plangan adrenalin va boshqa zaharli moddalar bolaga yo‘ldosh orqali, tug‘ilgandan keyin sut orqali o‘tadi.
2) Uch yoshgacha bo‘lgan bolani qanday tarbiyalashni bilmasangiz, kitob do‘koniga boring. Hozir bunday kitoblar ko‘p va nafaqat jismoniy parvarish, balki psixologik parvarish haqida ham;
3) Ilk bolalik davridan boshlab qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom berishni o‘rgating va chiroyli qilib alik oling;
4) Bola qo‘liga qoshiq tutishni o‘rgangan kundan boshlab, uni mehnatga o‘rgating va rag‘batlantirib boring:
a) asalim anavini olib ber;
b) bo‘talog‘im anavi non ushoqlarini cho‘play olasanmi?
v) qani ishtoningni o‘zing kiyib ko‘rchi;
g) manavi narsa halol, mana bu narsa harom va h.k.
Shuni esda tuting: Bola 10-12 yoshgacha kattalar aytganini qiladi, undan so‘ng o‘z bilganini qiladi. Keyingi tarbiya – bu kechikkan tarbiya. Kitob bolani ilmli qilsa, mehnat uni tarbiyalaydi. Shuning uchun bolani esini taniganidan mehnatga o‘rgating.
Men “Hashamatli hayot sindromi” degan kasallikdan farzandingizni forig‘ qilish yo‘llari haqida aniq retsept yozib bera olmayman. Bu juda qiyin masala. Biroq ushbu kitobda har xil psixoterapevtik usullar haqida yozganman. Ulardan foydalanish mumkin. Harxolda tarbiya fani eng qiyin fan ekanligini unutmang. Erta tarbiya, erta tarbiya va yana bir bor erta tarbiya! So‘zimni buyuk mutafakkir Rudakiy aytgan ushbu misralar bilan tugallamoqchiman: “Gar kishi hayotdan olmasa ta’lim, unga o‘rgata olmas hech bir muallim”. Shundan o‘zingiz xulosa chiqarib olavering.
Professor Zarifboy Ibodullayevning
“Asab va ruhiyat” kitobidan olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
“Asab va ruhiyat” kitobidan olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi