Foto: «Famt.ru»
Amerikalik diyetolog Don Blatner (Dawn Blatner) go‘shtsiz sog‘lom ovqatlanish va oqsil tanqisligini his qilmaslik yo‘llarini ma’lum qildi. Bu haqda «Yahoo Life» xabar berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vegetarianlar, veganlar va biror sababga ko‘ra taomnomasidagi go‘sht miqdorini kamaytirishga qaror qilgan kishilar har safar ovqatlanganda hech bo‘lmaganda bitta taom tarkibida o‘simlik oqsili bo‘lishini nazorat qilishi zarur.
Kundalik oqsil miqdorini hisoblash uchun Blatner vaznni 1,26 ga bo‘lishni maslahat beradi. Chiqqan natija har kuni iste’mol qilishingiz kerak bo‘lgan oqsilning grammdagi miqdoriga to‘g‘ri keladi. Formuladan kelib chiqadigan bo‘lsak, masalan, 68 kilogramm vaznda kuniga taxminan 54 gramm, faol hayot tarzida esa sal ko‘proq oqsil iste’mol qilish kerak.
Har hafta bitta vegetariancha taomni tanovul qiling. Yil oxiriga kelib yeb ko‘rgan retseptlaringiz soni 50 dan oshib ketadi. Ulardan ba’zilari shu darajada oddiy va mazali bo‘ladiki, ularni muntazam ravishda iste’mol qila boshlaysiz.
O‘simlik oqsilining eng boy manbalaridan biri seytan bo‘lib, kraxmali yuvilgan bug‘doy unidan tayyorlangan Sharqiy Osiyo taomidir. 100 gramm seytan tarkibida 25 gramm oqsil mavjud. Unga fermentlangan soyadan tayyorlanadigan Indoneziya tempesi raqobatlik qila oladi. Bir stakan tempening to‘rtdan uch qismida 20 gramm oqsil mavjud.
«Men tempeni yaxshi ko‘raman, chunki fermentatsiya tufayli yengil hazm bo‘ladi va go‘shtli tuzilishga ega», — deydi Blatner.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, tofu, edamame, yasmiq, loviya, yeryong‘oq, xamirturush, dukkaklilar, bodom, polba, suli, kinoa va no‘xat oqsilga boy. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Xalqaro moliya bozori sharhi...
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda