Foto: «Oxu.az»
Quritilgan mevalarning foydalari haqida ko‘p ma’lumotlar mavjud, ammo ularning zararli tomonlari ham bir qancha munozalarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada nafaqat iste’molchilar, balki to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari ham kelisha olgani yo‘q. Chindan ham quritilgan mevalar zararlimi yoki foydali?
Kimdir ushbu mahsulotlarni eng foydali deb bilsa, boshqalar qat’iyan qarshi. Demak, ularning ijobiy va salbiy tomonlari haqida bilib olish va keyinchalik shunga qarab iste’mol qilish kerak.
Foydali tomonlari
Quritilgan mevalar juda to‘yimli. Qurish jarayonida ular juda ko‘p suv yo‘qotadi va ozuqaviy moddalarning ko‘p qismini o‘zida saqlab qoladi. 100 gramm mahsulotning kaloriya miqdori yetarli darajada bo‘lib, u kunlik me’yorni to‘ldirishga imkon beradi.
Ozuqaviy moddalarning yuqori miqdori. Quritilgan mevalar vitamin, mineral, makro va mikroelementlarga boydir. Olxo‘ri va xurmo tarkibida kuchli antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular qarish jarayonini sekinlashtirishi va umuman organizmga foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, A, B 1, K vitaminlari, kaliy, magniy va tolalarning katta miqdori mavjud.
100 foiz tabiiy. Quritilgan mevalarda haqiqatan ham shakar ko‘p, ammo boshqa shirinliklardan farqli o‘laroq mutlaqo tabiiydir. Agar shirinlik iste’mol qilishni xohlaydiganlar bo‘lsa, bir nechta xurmo va olxo‘ri tanovul qilish yaxshiroqdir.
Quritilgan mevalar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi tolalar ichakning ishlashiga foydali ta’sir o‘tkazadi. Ko‘plab tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, kuniga quritilgan mevalarni iste’mol qilish ovqat hazm qilishni normallashtirishga va ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Zararli tomonlari
Shakar va kaloriya miqdori yuqori. Yuqorida yatilganidek, quritilgan mevalar shakar va kaloriyaga juda boy. Shu sababli ularni me’yorida iste’mol qilish kerak. Aks holda juda ko‘p xavf tug‘dirishi ham mumkin. Qandli diabet, vazn ortishi va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli mavjud.
Sulfitlar. Quritilgan mevalarni xarid qilish chog‘ida, albatta, chiroyli hamda silliq ko‘rinishdagilari tanlanadi. Lekin mevalar qurish jarayonida suvini yo‘qotganligi sababli tashqi ko‘rinishi unchalik chiroyli bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar mevalarga mukammal ko‘rinish berish uchun sulfitni o‘z ichiga olgan kimyoviy birikmalar bilan ishlov beradi. Albatta, sulfitlar sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Buning uchun mevalarni tanlayotganda, ularning yorqin ko‘rinishiga e’tibor bermagan ma’qul.
Mog‘or. Ko‘pgina quritilgan mevalarning saqlash sharoitiga e’tiborli bo‘lish kerak. Agar saqlash joyi nam bo‘lsa, quritilgan meva yuzasini darrov mog‘or qoplashi mumkin. Albatta, buning qo‘rqadigan joyi yo‘q. Chunki ularni yuvib iste’mol qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi