4 677
Saida Mirziyoyeva: «Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish unchalik qo‘limdan kelmas edi»
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yangi kelinlik paytida cho‘zma lag‘mon bilan bog‘liq voqeani esga olib, bu haqda hikoya qilib berdi.
«Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish unchalik qo‘limdan kelmas edi. Faqat bitta ovqat — cho‘zma lag‘mon pishirishni bilardim desa ham bo‘ladi.
Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko‘raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni — xamirni ingichka qilib cho‘zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o‘rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri eplab ketganman.
Shunday qilib, yangi oilada yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag‘monning batafsil retseptini so‘rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro‘yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa — tuzni aytish xayollariga kelmabdi.
Shunday qilib, ko‘rinishi ishtahaochar lag‘monim pishdi. Mazasi esa... tuzsiz tasavvur qilavering», — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.
Uning aytishicha, oila a’zolari o‘ta xushmuomala bo‘lgani uchun lag‘monni maqtab-maqtab, tuzdonni talashib, besh daqiqada ovqatni paqqos tushirishgan. «Hayotda shunaqasiyam bo‘lib turadi», — deydi Mirziyoyeva.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonova ham o‘zining Instagram stories’ida Saida Mirziyoyevaning lag‘mon cho‘zayotgan suratini joylab, xamirni uzmasdan 20 metr cho‘zganini maqtagan.
Foto: Instagram “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi