09:03 / 17.02.2021
1 553

Kimlarga choy ichish mumkin emas?

Kimlarga choy ichish mumkin emas?
Ba’zi hollarda choy ichish salomatlik uchun salbiy oqibatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, oshqozon bilan bog‘liq muammolardan qiynalayotgan odamlar bu ichimlikni iste’mol qilmaganlari ma’qul. Bu haqda rossiyalik diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg aytib o‘tdi.

«Oshqozoni og‘riyotgan odamlarga choy ba’zida to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Chunki u me’da shirasi ajralishini kuchaytiradi va kasallikni yanada zo‘raytirishi mumkin. Ayniqsa, qora choy ichmagan ma’qul», — dedi diyetolog «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida.

Ginzburgning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, organizmning individual reaksiyasiga e’tibor qaratish kerak. Chunki ba’zi hollarda qora choy ichish noxushlikni keltirib chiqaradi, ko‘k choy esa, aksincha, yaxshi qabul qilinadi. Ammo oshqozonning kuchli yallig‘lanishida ikkala ichimlik ham salbiy oqibatlarga olib kelishi hech gap emas.

Diyetolog, shuningdek, ba’zida choy ichish gipertoniklarda qon bosimining oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi.

Mutaxassis, shuningdek, qora va ko‘k choy xususiyati moddalarning har xil nisbati tufayli biroz farq qilishini tushuntirdi. Mana, masalan, ko‘k choy yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lsa, qora choy tetiklashtiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)