Foto: Getty Images
Gemoglobin − eritrotsitlardagi qizil qon tanachalarining asosiy tarkibiy qismidir. Uni tanadagi eng muhim moddalardan biri deb atash mumkin. Chunki u gaz almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
Gemoglobin ikki tarkibiy qismdan iborat − oqsil globin va gem shaklidagi temir. Gemoglobin darajasining pastligining eng keng tarqalgan sababi tanadagi temir tanqisligidir. Agar bu yetishmovchilik juda katta bo‘lsa, temir tanqisligi anemiyasi tez rivojlanishi mumkin. Bu surunkali bosh og‘rig‘i, zaiflik, diqqatni jamlay olmaslik, charchoq, hushdan ketish va hatto yurakdagi og‘riq bilan birga kuzatiladi.
Anemiya paydo bo‘lishining oldini olish uchun tanadagi temir miqdorini kuzatib borish kerak. Boshqa ko‘plab mikroelementlardan farqli o‘laroq, temir oziq-ovqat tarkibida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi va foydali mahsulotlar yordamida uning yetishmovchiligini osongina bartaraf etish mumkin.
Ko‘pincha temir moddasi jigar, go‘sht tarkibida bo‘ladi. Tananing temirga bo‘lgan ehtiyojini deyarli to‘liq qoplash uchun uning ozgina qismi ham yetarli. Ro‘yxatda keyingi o‘rin dengiz mahsulotlarini, ayniqsa, mollyuska va midiyalar turadi. Shu sababli vegetarianlar tanadagi temir miqdorini kuzatishda juda ehtiyot bo‘lishi va ehtimol, ratsionni to‘g‘ri tuzish uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.
O‘simliklardan esa spirulina va quritilgan qo‘ziqorinlar tarkibida temirning eng yuqori moddasi mavjud. Ular temirdan tashqari tanani turli xil minerallar − kalsiy, magniy, sink, vitamin va antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Bu nafaqat anemiyadan saqlanish, balki organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan, qarishni ham sekinlashtiradi.
Bundan tashqari, temir moddasini ismaloq, anor, olma, dukkakli o‘simliklar, kinoa va tofu pishlog‘idan olish mumkin. Eng muhimi, ratsionni foydali mahsulotlar bilan boyitishni unutmaslik zarur. Shundagina anemiya bilan bog‘liq boshqa kasalliklar tahdid sola olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Rossiya Federatsiyasi sobiq ofitseri: Yadro quroli to‘liq jangovar tayyor holatda saqlanyapti