Foto: «Shutterstock/FOTODOM»
Amerikalik olimlar uyqu sifatini oshirishning beshta usulini ma’lum qilishdi. Tavsiyalar «Sleep Health» jurnalida chop etilgan.
Avvalo, yetarli darajada uxlash kerak. Agar odam tunda besh soatdan kam dam olsa, yurak-qon tomir tizimi va miyada qon aylanishi buzilishiga olib kelishi mumkin. Uyqusizlik, shuningdek, ruhiy kasallikni keltirib chiqaradi.
«Yetarlicha uxlash» odati sog‘liqqa zarar. Soatning birinchi jiringlashidanoq o‘rindan turish kerak. Uyquni uzaytirishga urinmaslik kerak — bu odamni kuch-quvvatdan mahrum qiladi va «horg‘inlik» tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Ertalab uyg‘onishga qiynalmaslik uchun olimlar xonadagi pardalarni kechasi ochiq qoldirishni maslahat berishadi — odamni quyosh nuri uyg‘otadi.
Yotishdan oldin alkogol iste’mol qilish garchi tezda uxlab qolishga yordam bersa-da, uyqu sifatini battar yomonlashtiradi. Spirtli ichimliklar peshob haydash xususiyatiga ega, natijada tezda uxlab qolish fazasi izdan chiqishi mumkin.
Issiq sut va giyohli choy esa, aksincha, odamga zarar yetkazmagan holda tez uxlab qolishga yordam beradi. Maqola mualliflari 15 daqiqada uxlab qololmasangiz, ulardan foydalanishni maslahat berishadi.
Uxlashdan oldin televizor va gadjetlarni tomosha qilish tavsiya etilmaydi. Televizordan taralayotgan ko‘k nur melatonin ishlab chiqarishga xalaqit beradi, tovush esa sog‘lom uyquga zarar yetkazadi.
Kitob o‘qish uyquni yaxshilashga yordam beradi, ammo buni to‘shakda bajarmaslik kerak. Aks holda kitob o‘qish bilan uyqusizlik o‘zaro bog‘liq bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi