21:20 / 28.03.2021
2 238

6 maslahat: baxtli munosabatlarni saqlab qolishni istaganlar uchun

6 maslahat: baxtli munosabatlarni saqlab qolishni istaganlar uchun
Aksariyat odamlarni jufti bilan hissiyo yaqinlik bo‘lmagani uchun o‘zaro munosabatlar qoniqtirmaydi. Agar e’tibor va g‘amxo‘rlikka ega bo‘lishni istasangiz, ularni birinchi bo‘lib berishni o‘rganing.

Aksariyat odamlarni jufti bilan hissiyo yaqinlik bo‘lmagani uchun o‘zaro munosabatlar qoniqtirmaydi. Agar e’tibor va g‘amxo‘rlikka ega bo‘lishni istasangiz, ularni birinchi bo‘lib berishni o‘rganing. Ko‘plab juftliklar ishlari va farzandlari bilan shu qadar bandki, bir-birlari bilan juda kam vaqt o‘tkazadilar. Agar ish har hafta uchrashuvlar tashkil qilish yoki birgalikda dam olishga ketish imkonini bermasa, quyidagi oddiy maslahatlardan foydalaning. Ularga ko‘p vaqt va kuch sarflamaysiz, ammo ular munosabatlaringiz mustahkamlanishiga yordam beradi.

1. Sevimli insoningizga qo‘l tekkizing
Olimlar juftliklar birgalikda film tomosha qilgan tajribani o‘tkazdilar. Birinchi guruhdagi ishtirokchilarga tomosha vaqtida juftiga qo‘l tekkizish taqiqlandi. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa har vaqt bir-birlariga qo‘l tekkizishlari kerak edi. Aniqlanishicha, ikkinchi guruhdagi ishtirokchilari juftlarining muhabbatiga ko‘proq ishonch bildirgan. Bu hisga hattoki juftiga qo‘l tekkizish tajribaning sharti ekanligini bilish holati ham halaqit berolmagan. Ishtirokchilarning ongi qo‘llarini noxosdan ushlamaganliklarini bilib turgan, biroq ular baribir o‘zlarini baxtliroq his qilganlar.

2. Shoshilinch xulosa qilmang
Agar sevimli insoningiz xato qilgan bo‘lsa, masalan qo‘ng‘iroqlarga uzoq vaqt javob bermagan bo‘lsa – havotirga tushmang. Olimlarning aniqlashlaricha, baxtli va baxtsiz juftliklar ikkinchi yarmining harakatlarini turlicha qabul qilishlari bilan farq qilar ekanlar.

Munosabatlarda baxtsiz bo‘lganlar juftining har qanday xatosi yuzaga kelgan vaziyatning oqibati emas, uning xulqidagi kamchiligi deb biladilar. Agar odam qo‘ng‘iroqqa javob bermayotgan bo‘lsa, bu uning e’tiborsizligini anglatmaydi. Ehtimol, uning ishlari juda ko‘pdir. O‘zingizni shubhalar bilan yemirishdan avval uning harakatiga muqobil sabablar haqida o‘ylab ko‘ring.

3. Janjallarni tashqaridan tasavvur qiling
Tadqiqotda ishtirok etgan 120ta oilaviy juftlik turmushlarining dastlabki ikki yili davomida birgalikdagi hayotlariga oid so‘rovlardan o‘tishgan.

Birinchi yil davomida munosabatlar ularni kamroq qoniqtirgan va bu ko‘p uchraydigan holat. Bir yil o‘tgach ayrim juftliklar janjal yuzaga kelganida kelishmovchiliklar haqida ularning ikkisiga ham baxt tilaydigan uchinchi shaxs nuqtai nazaridan o‘ylab ko‘rishlari kerak bo‘lgan. Bu odam nizoga qanday munosabat bildirgan bo‘lardi? U nizodan ikkingiz uchun qanday foydani ajratgan bo‘lardi?

Bu mashg‘ulot ishtirokchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Birgalikdagi turmushning ikkinchi yili davomida ularning munosabatlari, nizoga tashqaridan qaramagan oilalarga nisbatan yaxshilangan.

4. Juftingizdan nima uchun minnatdorligingizni yozib qo‘ying
Yana bir tajriba ishtirokchilariga haftada bir marta sevimli insonlarining munosabatlarini mustahkamlashga yordam beradigan bir nechta harakatlarini yozib qo‘yish taklif etilgan. Ishtirokchilarning boshqa yarmi o‘zlari qanday hissa qo‘shganlari haqida yozib borishlari kerak edi.

Juftining xizmatlarini sanagan ishtirokchilar munosabatlarga ko‘proq qiziqish bildirganlar, shuningdek o‘zlarini maqtagan ishtirokchilarga nisbatan ikkinchi yarimlaridan ko‘proq minnatdor bo‘lganlar. Tajribaning ko‘rsatishicha, sevimli insonga ko‘proq minnatdorlik bildirish kerak ekan.

5. Xushomadlarni qabul qiling
Juftingiz tomonidan e’tiborsiz munosabatni kutish ularni yemiradi. O‘ziga past baho beradigan odamlarning ularni haqiqatda sevishlariga ishonishlari qiyin. Shuning uchun ular munosabatlar buzilishi ehtimolida tushkunlikka tushib qolmaslik uchun juftlarining bog‘liqligi va xushomadlariga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Bunday harakat boshqa odamni chetlashtirishi mumkin.

Olimlar o‘ziga ishonmaydigan odamlardan sevimli insonlaridan olgan o‘ziga xos xushomadlarni eslab ko‘rishlarini iltimos qildilar. Vaziyatning oddiy tasviri hech qanday natija bermadi. Ishtirokchilar xushomadni voqealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi sifatida qabul qilganlar.

So‘ngra ishtirokchilar qanday odam ularni maqtagani haqida o‘ylab, bu o‘zlari va munosabatlari uchun qanday ahamiyat kasb etganini tasvirlab berdilar. Natijada, ular sevimli insonlari xushomad orqali muhabbati va g‘amxo‘rligini namoyon etishini tushundilar.

6. Kichik yutuqlarni nishonlang
Sevimli insoningiz kun davomida erishgan yutuqlari haqida gapirganida yangiliklarga qoyil qoling. U siz bilan yanada ko‘proq hursandchiligini bo‘lshishi va bu onlarni qayta yashab o‘tishi uchun savollar bering.

Olimlar shu maslahatga amal qilgan juftliklarning munosabatlarini tahlil qildilar. Aniqlanishicha, maslahat tufayli ikkala sevishgan ham o‘z yutuqlaridan ko‘proq hursand bo‘lganlar. Shuningdek, bu munosabatlarni yaqinlashtirib, mustahkamlagan.

Manba: LifeHaq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 6 maslahat: baxtli munosabatlarni saqlab qolishni istaganlar uchun