23:51 / 05.04.2021
2 101

Olimlar shakar bolalar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Olimlar shakar bolalar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi
Foto: Getty Images
Amerikalik tadqiqotchilar shakarning bolalar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi. Bu haqda Science Daily portalida e’lon qilingan tajriba natijalariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Laboratoriya sichqonlari ikki guruhga ajratilgan va ulardan biriga muntazam ravishda shirin ichimlik berilgan. Tadqiqot davomida xotiraga javob beradigan miya sohasi — gippokamp funksiyasining buzilishi aniqlangan.

Bunga ichaklarda Parabacteroides bakteriyalari sonining ortib ketishi sabab bo‘lgan. Shakar uni iste’mol qilmaydigan sichqonlar organizmiga kirgach, ularda ham xotira sustlashishi kuzatilgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu tajriba natijalari insonlarga ham to‘g‘ri keladi. Kelajakda ular ichaklardan miyaga signallar uzatilishining yaxshiroq identifikatsiya qilinishini aniqlash maqsadida tajribalarni davom ettirish niyatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar shakar bolalar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi