Foto: «Prostoest.ru»
Diyetologlar och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlarni sanab o‘tishdi. Bu haqda 74. ru nashri rossiyalik olimlarning tadqiqotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Ertalab suv ichish odati foydali deb hisoblanadi, ammo, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu hatto saratonga olib kelishi mumkin. Bu suv harorati bilan izohlandi. Oshqozon yoki yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga chalinganlarga och qoringa sovuq suv ichish tavsiya etilmaydi. Harorati 65 darajadan yuqori bo‘lgan suv muntazam ravishda ichilsa, shilliq qavatga zarar yetkazadi. Tez-tez kuyish esa anomal hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi, natijada ular xavfli o‘smaga aylanishi mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, qahva oshqozonda kislota ishlab chiqarishning ko‘payishini rag‘batlantiradi, shuningdek, oshqozon shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi. Qo‘zg‘atilgan ichak sindromi bo‘lgan odamlarda qahva uning alomatlarini yomonlashtirishi mumkin — qorin bo‘shlig‘idagi sanchiqli og‘riq, shish, shuningdek, ovqat hazm qilish buzilishi va yel hosil bo‘lishi.
Ta’kidlanishicha, go‘sht ham boshqa jonivor oqsillari kabi organizm energiyasini hazm qilishga sarflaydi. Non va un mahsulotlarini ham och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Diyetologlarning hisoblashicha, ushbu oziq-ovqat mahsulotlar «semirishga olib boruvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘ldir». Shuningdek, ular qonda qand miqdori ko‘payishiga va insulin ajralishiga sabab bo‘ladi.
Och qoringa sharbat ichish ham tavsiya etilmaydi. Chunki ular kletchatkadan tozalangan suvi siqib olingan mahsulot hisoblanadi. Bu esa oshqozon osti beziga qattiq zarba bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, och qolgan organizm ushbu ichimlikni oziq-ovqat sifatida qabul qiladi va sezilarli darajada insulin ishlab chiqara boshlaydi.
Nordon mevalar va rezavorlar tarkibida kislotalar ko‘p bo‘lib, ular nahorga iste’mol qilinganda zararli bo‘lishi mumkin. Agar och qoringa qabul qilinsa, jig‘ildon qaynashi, allergiya, oshqozon yarasi yoki gastritga olib kelishi mumkin. Diyetologlar sabzavotlarga alohida to‘xtalib o‘tirishmadi. Negaki ularning fikriga ko‘ra, och qoringa iste’mol qilinsa, ularning har biri zararli bo‘lishi mumkin.
Och qoringa sut-qatiq mahsulotlari unchalik zararli emas, ammo foydali deb ham bo‘lmaydi. Uyqudan so‘ng ertalab odam oshqozonida xlorid kislota miqdori yuqori bo‘ladi. Kislotali muhit esa sut-qatiq mahsulotlari tarkibidagi barcha foydali laktobifidobakteriyalarni o‘ldiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi