Foto: Freepik
Mazali va kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadigan shokoladning iste’moli borasida me’yorni bilish hamda foydasidan tashqari, qanday zararlari borligi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Foydasi
Qon bosimini tushiradi
Shirinlik yegandan keyin ko‘pchilikning qon bosimi ko‘tariladi, ammo shokolad farqli ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi flavonoidlar qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Aynan shu sabab ham kakaosi bisyor bo‘lgan shokolad iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Yallig‘lanishni kamaytiradi
Tarkibidagi moddalar kombinatsiyasi organizmdagi hujayralar va yallig‘lanish jarayoniga ijobiy ta’sir etgani sabab ham qora shokolad iste’molidan keyin inson o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Buning uchun uni kuniga 20 gramm yeyish kifoya.
Quyosh nurlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi
Tarkibidagi flavanol quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qilibgina qolmay, qon aylanishini ham yaxshilaydi.
Xotirani yaxshilaydi
Tadqiqotlarda shokolad iste’mol qilinganidan 30 daqiqa o‘tib miya faoliyati tezligining jadallashishi, xotira yaxshilanishi aniqlangan.
Sport
Shokolad sport bilan ko‘proq shug‘ullanishga kuch topib, kamroq charchashni ta’minlaydi. Bunga tarkibidagi kakaoning qonni kislorod bilan ta’minlashi sabab bo‘ladi.
Zarari
Suyaklar ahvoli yomonlashadi
2008 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda har kuni shokolad iste’mol qilgan keksa ayollarning suyaklari mo‘rtlashgani aniqlangan.
Migren keltirib chiqarishi mumkin
Shokoladni haddan ortiq iste’mol qilish bosh og‘rishiga olib kelishi mumkin. 22 foiz bemorlar shokolad sabab migren paydo bo‘lganidan shikoyat qilgan, ammo bu o‘z tasdig‘ini topmagan.
Yurak urishi jadallashadi
Shokolad qorin mushaklarini bo‘shashtirib, pulsni jadallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan metilksantinni o‘z ichiga oladi. Uning iste’molidan keyin jig‘ildon qaynashi holati ham kuzatilishi mumkin.
Vazn to‘plashga hissa qo‘shadi
Bir qancha foydasi borligi shokoladning kaloriyaga boy ekanini inkor eta olmaydi. Undan tiyila olmaslik va me’yoridan ortiq iste’mol qilish sezilarli darajada vazn ortishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi