23:56 / 01.05.2021
2 962

Qaysi xavfli kasalliklar ko‘zlarda aks etadi?


Foto: «Domashniy ochag»
Ayrim kasalliklar ko‘zdagi o‘zgarish va ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi bilan namoyon bo‘lishi mumkinligi sabab ham yilda bir marta oftalmolog shifokorga borish kerak.

Saraton
Bosh miya saratonini dastlabki bosqichda aniqlash uchun ko‘zlarni muntazam ravishda tekshirib turish va o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik kerak. Ko‘z pardasiga qon quyilishi leykemiyadan, rangdor pardadagi o‘zgarishlar esa nafaqat teri, balki ko‘zga ham zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan melanomadan darak berishi mumkin. Aynan shu sabab ham oftalmolog shifokor ko‘rigidan bir yilda kamida bir marta o‘tish tavsiya qilinadi.

Qandli diabet
Ko‘zga biroz qon quyilishi ikkinchi turdagi qandli diabetning eng dastlabki bosqichidagi simptomlaridan biri sanaladi. Aksariyat hollarda ushbu belgi doimiy ravishda chanqash, holsizlik va charchashdan avval kuzatiladi. Mazkur alomatlarga vaqtida e’tibor qaratilsa, turmush tarzi va ratsionni o‘zgartirib, kasallik rivojlanishining oldini olsa bo‘ladi.

Gipertoniya va yurak kasalliklari
AQSH va Yevropalik mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotlarda ko‘zdagi mayda qon tomirlarning torayishi bilan yurak kasalliklari o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Qolaversa, aynan mazkur simptomlar gipertoniya rivojlanayotganidan dalolat berishi mumkin.

Parishonxotir skleroz
Ko‘rish nervlarining yallig‘lanishi parishonxotir sklerozdan aziyat chekayotgan 75 foiz bemorda kuzatiladi. Ammo o‘zboshimchalik bilan tashxis qo‘ymaslik, nevrolog shifokorga murojaat qilish kerak.

Revmatoid artrit
Quruq ko‘zlar sindromi revmatoid artrit kasalligiga xos eng ko‘p tarqalgan oftalmologik simptom sanaladi. Ma’lum bo‘lishicha, revmatoid artritdan aziyat chekadigan har to‘rtinchi bemorda ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammo kuzatiladi. Gap shundaki, artrit bilan kasallangan bemor organizmidagi yallig‘lanish bilan bog‘liq kimyoviy moddalar ertami, kechmi ko‘z olmasiga ham zarar yetkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi xavfli kasalliklar ko‘zlarda aks etadi?