Foto: Freepik
Yaxshilab tozalagan taqdiringizda ham oshxona bakteriya va mikroblardan xoli bo‘lib qolmaydi. Chunki quyida nomi keltirilgan buyumlarni yuvib-artish hamisha ham xayolga kelmasligi mumkin.
Oshxonadagi ish stoli
Kun davomida turli mahsulotlar ustiga qo‘yilgani, to‘g‘ralgani sabab ham ish stoli oshxonadagi eng ko‘p bakteriyalar to‘planadigan joy sanaladi. Ko‘chadan olib kelingan paket, mashina kaliti va mobil telefonning mikrobga to‘laligi, ularni stolga qo‘yish oqibati haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.
Qanday yechim topish mumkin?
Hech bo‘lmaganda haftada bir yoki ikki marta stol va oshxonadagi boshqa jihozlar ustini dezinfeksiyalaydigan vositalar bilan artib turish kerak.
Rakovina
Rakovinaga idish-tovoqlardagi ovqatlardan tashqari, sharbat, sut va boshqalar qoldiqlari ham tushishi mumkin. Bu yomon hid anqishi va rakovinaning xavfli infeksiyalar o‘chog‘iga aylanishiga olib keladi.
Qanday yechim topish mumkin?
Antibakterial vositalar bilan tozalash uchun alohida gubkadan foydalaning. Yaxshilab tozalagandan keyin rakovinani quruq qog‘oz sochiq bilan artib tashlang.
Idish yuvadigan gubka va cho‘tka
Bir necha kun davomida ishlatilganidan keyin mazkur vositalar qanchalik bakteriya manbayiga aylanishini tasavvur ham qila olmaysiz.
Qanday yechim topish mumkin?
Gubkalarni tozalashning eng oson usuli uni idish yuvadigan mashinaga solish. Buni har 2-3 kunda takrorlash, gubkani har ikki haftada almashtirish kifoya.
Muzlatkichdagi plastik konteynerlar
Oshxonani tozalashga qaror qilgan uy bekalari muzlatkich ichini tozalashi hamma vaqt ham eslayvermaydi. Ammo sabzavot va boshqa mahsulot qoldiqlari qolgan mazkur qutilar bakteriyalar koniga aylanishi mumkinligini unutmaslik lozim.
Qanday yechim topish mumkin?
Go‘sht va baliq mahsulotlarini sabzavot va mevalardan alohida saqlang. Konteynerlarni tekshirib, 1-2 haftada bir marta sovunli suv bilan yuvib turing.
Pechni yoqib-o‘chiradigan tugmalar
Har safar ovqat yoki yegulik pishirish uchun pech tugmalariga teginganda qo‘llar kir bo‘lishi, shuningdek, ularni tozalash har doim ham esda bo‘lmasligi mumkin.
Qanday yechim topish mumkin?
Qo‘llarni va pech tugmalarni muntazam ravishda yuvib, tozalab turish kundalik odat bo‘lishi kerak. Tugmalarni toza saqlashning eng oddiy usuli ularni xlorli aralashma singdirilgan salfetka bilan artish.
Qahva tayyorlaydigan mashina
Ko‘p miqdordagi bakteriyalar mazkur mashinaning suv rezervuarida bisyor bo‘ladi. Uni har doim ham yuvish esga kelavermagani sabab bakteriya tayyorlangan qahva ichiga tushadi,
Qanday yechim topish mumkin?
Muammoga yechim topish uchun suv rezervuarini sirkali aralashma bilan to‘ldiring. Ikki stakan oq sirkaga 1 stakan suv solib, mashinani ikki marta ishlatish rejimini yoqish kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi