Foto: «Domashniy ochag»
Barcha gadjetlardan ko‘zlar salomatligi va ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan ko‘k-siyohrang nurlar tarqaladi. Qolaversa, muntazam ravishda telefondagi mayda yozuv va belgilarga tikilish ko‘zlarni charchatadi. Ishi kompyuter bilan bog‘liq kishilarning ko‘zlari esa yanada ko‘proq zo‘riqadi.
Xalqaro optika kompaniyasi Essilor tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 62 foiz respondent ish kuni yakunida ko‘zlari toliqqanini his qilishini ta’kidlagan. Gadjetlardan umuman voz kechib bo‘lmagani bilan ayrim qoidalarga amal qilish tavsiya qilinadi. Oftalmolog shifokor Vladimir Zolotarevning bu borada yordam beradigan tavsiyalari bilan bo‘lishamiz.
Maxsus ko‘zoynaklar
Ko‘k-siyohrang nurlardan himoya qiladigan maxsus linzalar bilan qoplangan bunday ko‘zoynakdan foydalanish davomida qulaylik darhol seziladi. Yana bir variant ko‘zning moslashuviga yordam beradigan ko‘zoynaklardan foydalanish hisoblanadi. Bunday ko‘zoynak kompyuter qarshisida uzoq vaqt davomida ishlaganda ham ko‘zlarni ortiqcha zo‘riqtirmaydi, kun oxirida ham ko‘zlar odatdagidan kamroq charchaganini bilish mumkin.
Vaqti-vaqti bilan ko‘zlarga dam bering
Smartfondan foydalanish davomida tanaffus qiling, ko‘zlar ekrandan dam olishi kerakligini yoddan chiqarmang. Shuningdek, zo‘riqishlarni bartaraf qilishga yordam beradigan ko‘z mashqlarini bajarib turing.
Maxsus kechki rejim
Uyqudan avval smartfondan foydalanmaslikka harakat qiling. Ko‘k-siyohrang nur qorong‘ida ko‘zga odatdagidan ham ko‘proq zarar yetkazadi. Kechasi telefon bilan bog‘liq juda ham zarur ishingiz bo‘lsa, yorug‘ligi ko‘zni og‘ritmaydigan kechki rejimga o‘tkazib foydalaning.
Balansli ovqatlanish
Taomnomangizda A, B va C vitaminiga boy mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Chernika, sabzidan tashqari baliq, qovoq, piyoz, sarimsoq, karam va tvorog iste’mol qilishni kanda qilmang. Ushbu mahsulotlarda ko‘z salomatligi uchun foydali bo‘lgan moddalar bo‘ladi.
Shifokor ko‘rigi
Kompyuter yoki telefondan foydalanishda diskomfort sezilmasligi ko‘zlaringiz bilan hammasi joyida ekanini bildirmaydi. Yoqimsiz simptomlar namoyon bo‘lishini kutib o‘tirmasdan profilaktika uchun oftalmologga boring va keyin kech bo‘lmasligi uchun bir yilda bir marta ko‘zlaringizni tekshirtirib turing. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi
Taxtni tashlab qochgan bangi...
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda