Kaliforniya universiteti olimlari telomerlarni o‘lchash yo‘li bilan, aniqlashdiki, tanimizdagi har xil a’zo va to‘qimalar bir xil tezlikda qarimas ekan. Misol uchun, sog‘lom ayol ko‘kragi tanasini boshqa qismlariga nisbatan 2 – 3 yosh qari, yuragi esa 9 – 10 yilga yosh ekan. Bu fenomenni sababi hali aniqlangani yo‘q, lekin izlanishlar davom etmoqda.
Qanday qilib organizmni qarishini sekinlatish mumkin?
Bostondagi ayollar kasalxonasining Brigama laboratoriyasi rahbari professor Tomas Storer aytadiki, biz irsiyatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qila olmasakda, ularni holati bizni hayotimiz davomida nima qilayotganimizga, ya’ni qanday yashayotganimzga juda bog‘liq. Boshqacha aytganda, bizni hayot tarzimiz qarish jarayoni tezligiga ta’sir qiladi. Olimlar bilishlaricha, biz qarishni tezlatish yoki sekinlatishga ta’sir qila olar ekanmiz.
Qanday qilib yurak va o‘pkani qarishini sekinlatish mumkin?
Sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi kishilarni yurak – tomir tizimi, sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan ikki barobar yosh ekan. Circulation jurnalida chop etilgan ilmiy izlanish ma’lum qildiki, olti oygina aerob chidamlilikni oshiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish (yugurish, velosport, eshgak eshish kabi), hatto 50 yoshdan oshgan insonlarni ham nafas tizimini butunlay tiklanishiga yordam berarkan.
«Siz, barcha a’zolaringiz to‘g‘ri ishlashini uchun, jismoniy faollikni imkon qadar uzoq davom ettirishingiz kerak. Lekin dam olish va tiklanishni unutmang» - deydi meditsina fanlari doktori Djastin Mager.
Manba: Tib va Shifo kanali “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi