11:03 / 15.06.2021
2 952

Kir mashinada yuvish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar


Foto: Getty Images
Ayrim kiyim-kechaklarni kir mashinasida yuvish mato sifatiga zarar yetkazish bilan birga ayrim hollarda mashinaning ishdan chiqishiga ham olib kelishi mumkin.

Cho‘milish kiyimi (kupalnik)
Cho‘milishga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, bunday kiyimlar 15 daqiqa mashinada bo‘lishga chidamsiz bo‘ladi. Lyamkalari uzilishi va matoga zarar yetishi mumkinligi sabab ham uni qo‘lda yuvish tavsiya qilinadi.

Jaketlar
Jaketlar yuvilganda o‘z shaklini yo‘qotishi va mato osilib qolishi mumkinligi sabab ham uni qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalatishga bergan yaxshi.

Tabiiy charmli poyabzal
Bunday oyoq kiyimni mashina ichiga solganda, tirnalish va izlar kuzatilishi mumkin. Tikilish o‘rniga yopishtirilgan bo‘lsa, yuqori harorat ta’sirida orasi ochilib ketishi mumkin. Istalgan oyoq kiyimni qo‘lda yuvish, yomon hidlarni bartaraf qilish uchun esa dezodorantdan foydalanish kerak.

Bo‘yinbog‘
Kir yuvadigan mashina ichida nafaqat matoga zarar yetishi, balki rangi chiqishi ham mumkin.

Yostiq va ortopedik to‘shak
Bunday yuvish usuli bilan yostiq yoki to‘shakning ichi titilishi mumkinligi sabab ham kimyoviy tozalashga murojaat qilgan yaxshi.

Kepka
Shakliga zarar yetgani sabab ham bunday bosh aksessuarlarini suvga biroz ivitib, ehtiyotkorlik bilan ishqalagan yaxshi.

Mikrofibrali salfetkalar
Bunday matodan tikilgan mato yoki salfetkalar yuvish jarayonida namlikni olish xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Buni oldini olish uchun sovunlab, qo‘lda yuvgan yaxshi.

Piston, tosh va kashtali kiyim
Piston va toshlar uzilib mashina barabaniga tiqilib qolishi mumkin. Kashtaning esa ko‘rinishi buziladi. Bunday kiyimni qo‘lda ehtiyotkorlik bilan yuvish va quritish kerak.

Yonuvchan suyuqlik tekkan kiyim
Kerosin va benzin tekkan kiyimlarni kir mashinadagi ayrim elementlarga zarar yetkazgani sabab ham ularni birinchi kuchli ta’sir qiladigan vositaga ivitib qo‘yib keyin kir mashinaga tiqqan yaxshi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kir mashinada yuvish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar