17:45 / 18.07.2021
4 753

Sabzini har kuni iste’mol qilish uchun 4 sabab


Foto: “Domashniy ochag”
Bir porsiya sabzida 30 kaloriya va bir grammdan kamroq yog‘ mujassam bo‘lgani sabab ushbu sabzavot sog‘lom ovqatlanishning asosi hisoblanadi. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashdan tashqari, uning yana qanday foydasi bor ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Sabzi tarkibida quyidagi moddalar mavjud:
  • 30 kaloriya;
  • 7 gramm uglevod;
  • 0,68 gramm oqsil;
  • 2 gramm yog‘;
  • 2 gramm kletchatka;
  • 3,41 gramm shakar;
  • 50 milligramm natriy;
  • 230 milligramm kaliy;
  • 9 milligramm magniy;
  • 4,2 milligramm C vitamini;
  • 12028 МЕ A vitamini;
  • 0,48 milligramm E vitamini;
  • 9,5 mkg K vitamini.
Sabzining foydali xususiyatlari
Kaloriyasi kam bo‘lgan ushbu mahsulot ratsioningizdan o‘rin olsa, quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:
  • ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi. Sabzidagi A vitamini ko‘z salomatligi uchun foydali;
  • immunitetni mustahkamlaydi: A vitamini hujayralarning o‘sishiga yordam beradi;
  • kletchatkalarga boy ekani sababli oshqozon-ichak trakti faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi;
  • tarkibidagi beta-karotin salomatlik bilan bog‘liq muammolar — qarish, oshqozon saratoni, shuningdek, yallig‘lanish va yurak ishemiya kasalliklarining oldini oladi.
Sabzini qancha miqdorda iste’mol qilish kerak?
Aksariyat mahsulotlarni haddan ortiq iste’mol qilish vazn ortishiga olib kelishi mumkin, lekin sabzini ortiqcha yeyish kamdan kam hollarda kuzatiladi. Beta-karotin va A vitaminining koni hisoblangan bitta katta sabzida organizm uchun kerakli bo‘lgan moddalar ikki hissa ko‘p bo‘ladi. Shunday ekan kuniga bittadan ushbu sabzavotni yeyish zarar emas, aksincha salomatlik uchun juda ham foydali.

Qanday holda iste’mol qilish kerak?
Antioksidantlarning yarmini o‘z ichiga olgani sabab ham sabzini po‘stini artmasdan, yaxshilab yuvib, iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Keyinroq to‘g‘ralgan holda yemoqchi bo‘lganlar esa po‘stini artib qo‘ygani yaxshi. Bu uzoq vaqt saqlanishi va rangi o‘zgarmasligiga yordam beradi.

Turli rangdagi sabzilar
Rangidan qat’i nazar, istalgan sabzida foydali moddalar bisyor bo‘ladi, ammo shunga qaramay turli navning tarkibi ham farqli bo‘ladi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan birida qora yoki to‘q qizil sabzilar antioksidantlik, yallig‘lanishga hamda mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatga ega ekanligi aniqlangan. Qolaversa, qora sabzi tarkibidagi polifenol, flavonoid va karotinoidlar surunkali kasalliklardan sezilarli darajada himoya qilishi mumkin.

Qanday iste’mol qilish kerak?
Qaynatilganda sabzi oziqaviy qiymatini yo‘qotishi mumkin, buni saqlab qolish uchun esa sabzavotni muzlatib qo‘ysa bo‘ladi. Sabzidan sho‘rva, salat tayyorlash, shuningdek, yong‘oq qo‘shib, pechda mazali yegulik pishirish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sabzini har kuni iste’mol qilish uchun 4 sabab