23:07 / 21.07.2021
2 537

Yurak salomatligini asrashga yordam beradigan tuz miqdori kam mahsulotlar


Foto: «Domashniy ochag»
Natriy juda muhim ozuqaviy modda bo‘lib, ratsiondan butunlay chiqarib tashlansa, sog‘liqqa zarar yetishi mumkin. Ammo haqiqat shundaki, inson tanasi tuzga juda oz ehtiyoj sezadi va me’yorni muntazam ravishda oshirib yuborish qon bosimining ko‘tarilishi va yurak xuruji, yurak yetishmovchiligi, insult va hatto buyrak kasalliklari xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.

Tuz miqdorini qanday nazorat qilish kerak? Avvalo, u organizmga yashirin shaklda kirib boradi: yarim tayyor, qayta ishlangan go‘sht, shuningdek, restoran va tamaddixonalarda tayyorlanadigan taomlar tarkibida ham ko‘p uchraydi. Shu sababli natriy miqdorini saqlab qolish hamda yurakni himoya qilish uchun tarkibida tuz miqdori kam bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

No‘xat va loviya
Tarkibida oqsil va sabzavot kletchatkasi bo‘lgan dukkaklilar sog‘lom vazn va  yurak salomatligi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu ekinlarning barchasi xolesterinni o‘z ichiga olmaydi. Konservalangan oziq-ovqatlardan ko‘ra quritilgan mahsulotlarni tanlash tavsiya etiladi. To‘g‘ri, ularni pishirish ko‘proq vaqt talab qiladi, ammo konservadagi loviya yoki no‘xat odatda juda ko‘p yashirin tuz va shakarni o‘z ichiga oladi.

Meva
Albatta, ko‘pgina mevalarda tuz kam yoki umuman bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yangi uzilgan mevalar kletchatkaga boy, shuningdek, vitamin va minerallar, foydali antioksidant birikmalar bilan yallig‘lanishni kamaytiradi va tana hujayralarini erkin radikal hujumlaridan xalos etishga yordam beradi. Ammo qonda shakar ko‘p bo‘lsa, mevalarni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish zarur. Ularning ko‘pchiligida uchrovchi glyukoza salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Yogurt
Yogurt – yurak sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishi uchun yana bir ajoyib mahsulot. Yogurt nafaqat hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, balki yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi. Ammo  yogurtni tabiiy, qo‘shimchalarsiz va hatto shakarsizini tanlash muhimdir. Aks holda foydali mahsulot zararli shirinlikka aylanishi mumkin.

Yong‘oq va pista
Yaxshi yangilik: tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, muntazam ravishda yong‘oq yoki pista iste’mol qiladiganlar natijada yurak xastaligiga duchor bo‘lmaydi. Shuni esda tutish kerakki, tuz, shakar, asal yoki sirop qo‘shmasdan, tabiiy yong‘oqlarni tanovul qilish kerak. Shundagina barcha afzalliklar o‘z natijasini namoyon qiladi.

Sabzavotlar
Meva hamda sabzavot tarkibida xolesterin va qon bosimini pasaytirishga yordam beradigan muhim oziq moddalar mavjud. Sarsabil, yashil loviya, bodring, baqlajon, sarimsoq va oshqovoq kabi sabzavotlarda tabiiy tuz mavjud emas. Ularni tez-tez iste’mol qilish kerak, ammo pishirayotganda iloji boricha kamroq tuz qo‘shish tavsiya etiladi.

Donli mahsulotlar
Sog‘lom ovqatlanish uchun yana bir ajoyib taom. Deyarli barcha don tarkibida  uglevodlar mavjud bo‘lib, ular qonda shakar miqdorini saqlab turishga yordam beradi. Va, albatta, pishirish vaqtida ozroq tuz qo‘shishga harakat qilish kerak.

Ko‘kat va ziravorlar
Taom tayyorlash vaqtida ko‘p tuz ishlatmaslik uchun ko‘kat va ziravorlar qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina ziravor va ko‘katlarning tarkibida turli xil foydali birikmalar mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari yurakni turli kasalliklardan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak salomatligini asrashga yordam beradigan tuz miqdori kam mahsulotlar