00:30 / 24.07.2021
2 548

Artritda og‘riqni kamaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari


Foto: Ted Raynor/imageBROKER.com/Global Look Press
Osteoartrit — surunkali bo‘g‘imlar yallig‘lanishida og‘riq qoldiruvchi va maxsus mashqlarga ko‘rsatma beriladi. Ammo parhez ham yordam berishi mumkin. Bu haqda Amerika pensionerlar jamiyati (AARP) ekspertlari ma’lum qilishdi.

Losos tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari bo‘lib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bundan tashqari, Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi uni haftasiga ikki marta iste’mol qilishni tavsiya etadi. Baliqlar o‘rniga chia urug‘ini yesa ham bo‘ladi.

Birinchi siqilgan zaytun yog‘i ham yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Uning tarkibida ham dorilarga o‘xshab ta’sir o‘tkazuvchi yallig‘lanishga qarshi nosteroid moddalar mavjud.

Gilos, malina va chernika tarkibida antotsianlar va antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular og‘riqni yengillashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoq tos-son bo‘g‘imi osteoartriti xavfini kamaytirishi mumkin.

Ismaloq va karam tarkibida sog‘lom tog‘ay uchun zarur bo‘lgan K vitamini mavjud. Ba’zi olimlarning fikricha, K vitamini kalsifikatsiya (qattiqlashish)ning oldini oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Artritda og‘riqni kamaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari