Foto: Freepik
Antioksidantlarga boy bo‘lgan ushbu sabzavot nafaqat shamollashning oldini oladi, balki yurak va ichaklar faoliyatini me’yorda bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.
Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz quyidagilarni o‘zida mujassam qiladi:
- 44 kaloriya;
- 13 gramm uglevod;
- 1 gramm oqsil;
- 1 gramm yog‘;
- 1 gramm to‘yingan yog‘;
- 2,5 gramm kletchatka;
- 6 gramm shakar;
- 216 milligramm kaliy;
- 15 milligramm magniy;
- 11 milligramm C vitamin;
- 0,178 milligramm B6 vitamini.
C, B6 vitamini, foliy kislotasi va kaliyga boy bo‘lgan piyozda, shuningdek, kletchatkaning ham koni. Asosiysi, tuz va ta’m kuchaytirgichlarsiz ham taomni mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Yurakni himoya qiladi
Tabiiy birikmalar manbasi bo‘lgan piyoz yallig‘lanish jarayoni, qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini ham kamaytiradi. Ayniqsa, qizil piyoz tarkibida mo‘l bo‘lgan polifenol kversetin qon bosimini pasayishiga yordam beradi.
Immun tizimini mustahkamlaydi
Piyozdagi fitokimyoviy modda, immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.
Saratonning kelib chiqish xavfini kamaytirishga yordam beradi
Piyoz tarkibidagi antioksidantlar nafaqat yallig‘lanishga qarshi, balki saratonning ayrim turlarini kelib chiqish xavfini kamaytirish xususiyatiga ham ega. 2014-yilda chop etilgan tadqiqotda piyoz iste’mol qilish oshqozon va yo‘g‘on ichaklar saratonining xavfini kamaytirishi aytilgan.
Hazm jarayonini yaxshilaydi
Piyoz tarkibidagi kletchatkalar foydali ichak bakteriyalar – probiotiklarni o‘sishiga hissa qo‘shadi. 2018-yilda e’lon qilingan tadqiqotda, piyoz tarkibidagi kletchatkalar boshqa sabzavotdagilarga qaraganda ichak bakteriyalari balansini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi