Foto: Freepik
Antioksidantlarga boy bo‘lgan ushbu sabzavot nafaqat shamollashning oldini oladi, balki yurak va ichaklar faoliyatini me’yorda bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.
Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz quyidagilarni o‘zida mujassam qiladi:
- 44 kaloriya;
- 13 gramm uglevod;
- 1 gramm oqsil;
- 1 gramm yog‘;
- 1 gramm to‘yingan yog‘;
- 2,5 gramm kletchatka;
- 6 gramm shakar;
- 216 milligramm kaliy;
- 15 milligramm magniy;
- 11 milligramm C vitamin;
- 0,178 milligramm B6 vitamini.
C, B6 vitamini, foliy kislotasi va kaliyga boy bo‘lgan piyozda, shuningdek, kletchatkaning ham koni. Asosiysi, tuz va ta’m kuchaytirgichlarsiz ham taomni mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Yurakni himoya qiladi
Tabiiy birikmalar manbasi bo‘lgan piyoz yallig‘lanish jarayoni, qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini ham kamaytiradi. Ayniqsa, qizil piyoz tarkibida mo‘l bo‘lgan polifenol kversetin qon bosimini pasayishiga yordam beradi.
Immun tizimini mustahkamlaydi
Piyozdagi fitokimyoviy modda, immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.
Saratonning kelib chiqish xavfini kamaytirishga yordam beradi
Piyoz tarkibidagi antioksidantlar nafaqat yallig‘lanishga qarshi, balki saratonning ayrim turlarini kelib chiqish xavfini kamaytirish xususiyatiga ham ega. 2014-yilda chop etilgan tadqiqotda piyoz iste’mol qilish oshqozon va yo‘g‘on ichaklar saratonining xavfini kamaytirishi aytilgan.
Hazm jarayonini yaxshilaydi
Piyoz tarkibidagi kletchatkalar foydali ichak bakteriyalar – probiotiklarni o‘sishiga hissa qo‘shadi. 2018-yilda e’lon qilingan tadqiqotda, piyoz tarkibidagi kletchatkalar boshqa sabzavotdagilarga qaraganda ichak bakteriyalari balansini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi