10:37 / 04.09.2021
4 445

Bollivud yulduzi Ritik Roshan ko‘ngil qo‘ygan hind aktrisalari (foto)

Bollivud yulduzi Ritik Roshan ko‘ngil qo‘ygan hind aktrisalari (foto)
Foto: Pinterest
Bollivudning sevimli yulduzi Ritik Roshan filmdagi takrorlanmas rollari bilan millionlab muxlislarining ko‘nglidan joy olgan. Ammo aktyorning ham ko‘nglidan joy olgan bir necha go‘zal xonimlar esa ko‘pchilikka sir. 47 yoshda bo‘lishiga qaramay, Ritik hali ham eng kelishgan aktyorlardan biri.

Ritik Bollivudda shov-shuvli debyutini «Sevishingni ayt» filmi bilan boshladi. Kartina 2000 yilda eng ko‘p daromad topgan filmga aylandi. Shundan so‘ng bir qancha muvaffaqiyatli filmlarda ishtirok etib kelmoqda.

Ritik Roshan va Karina Kapur

Foto: Pinterest
Ritik va Karina bir necha marta birga filmlarda rol ijro etgan. Aslida, «Sevishingni ayt» ikkalasi uchun debyut film bo‘lishi kerak edi. Karina hatto bir nechta sahnalarda suratga ham tushgan, lekin loyihani tark etgan va uning o‘rnini Amisha Patel egallagan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Ritik va Karina «Sevgidan aqldan ozyapman» filmida suratga tushish paytida yaqinlashgan. Ammo Ritik Roshan o‘sha paytda uylangan edi. Ularning munosabati uzoq davom etmasa-da, uning rafiqasi Syuzanna bundan xabar topib, asabiylashgan.

Ritik Roshan va Priyanka Chopra

Foto: Pinterest
Priyanka Chopra ham Ritik singari Bollivudda ko‘plab hamkasblari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. U Nik Jonasdan oldin Shohrux Xon, Akshay Kumar, Shahid Kapur, Xarman Bavej va boshqa erkaklar, jumladan, Ritik Roshan bilan uchrashgan. Biroq u va Ritik ishqiy munosabatlarini yashirgan va ushbu mavzudagi mish-mishlarga izoh bermagan. Eslatib o‘tamiz, ular «Krish» va «Olov izi» kabi filmlarda birga rol ijro etgan.

Ritik Roshan va Katrina Kaif

Foto: Pinterest
Ritikning navbatdagi sevgilisi Katrina Kayf bo‘ldi. Ular birgalikda ikkita filmda rol o‘ynagan. Birinchisi, Zoya Axtarning «Hayot zerikarli bo‘lmasligi kerak», ikkinchisi «Kunning ritsari» filmining remeyki edi. Mish-mishlar Kangana Ranaut Katrinani Ritik Roshan bilan ajralishida ayblaganidan so‘ng tarqalgan.

Ritik Roshan va Kangana Ranaut

Foto: Pinterest
Ritik va Kangana munosabatlari buzilganidan keyin ochiqchasiga gaplasha boshladi. Manbalarga ko‘ra, Ritik va Kangananing munosabati «Uchar varrak» filmining suratga olish maydonchasida boshlangan. Munosabatlar yakun topgach, Ritik va Kangana o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan.

Ritik Roshan va Barbara Mori

Foto: Pinterest
«Uchar varrak» filmini suratga olish paytida, Ritik hamkasbi Barbara Mori bilan uchrashgani haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Shov-shuvlar faqat film chiqarilgandan so‘nggina to‘xtadi.

Ritik Roshan va Shveta Bachchan

Foto: Pinterest
Ishonish qiyin, ammo Ritik Roshan Shveta Bachchan bilan ham uchrashdi. Lekin na Ritik, na Shveta va hatto ularning oila a’zolaridan hech biri bu mavzuda birorta izoh bermagan, chunki ularning aloqasi ko‘pchilik uchun ravshan edi. Shveta akasi Abxishek Bachchan, u va Ritik bolalik va o‘smirlik davrida yaqin do‘st bo‘lganlari va bir-birlarinikiga tez-tez tashrif buyurishlarini bir necha bor aytib o‘tgan.

Ritik Roshan va Syuzanna Xon

Foto: Pinterest
Ritik va Syuzanna turmush qurishdan oldin yaqin do‘st bo‘lgan. Syuzanna erining ko‘plab yulduzlar bilan munosabatlariga dosh berolmadi va ajrashishga qaror qildi. Lekin uni qo‘llab-quvvatlashda va himoya qilishda davom etmoqda. Syuzanna va Ritik nikohlari buzilganiga qaramay, do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bollivud yulduzi Ritik Roshan ko‘ngil qo‘ygan hind aktrisalari (foto)