Foto: Getty Images
Ma’lumki, allergiya belgilari yildan yilga kuchayib bormoqda. Yaxshiyamki, fan bir joyda turmaydi va ko‘p hollarda siz dori-darmonsiz vaziyatni yengillashtirishingiz mumkin.
Umid qilamizki, allergiya bilan kurashishning eng yaxshi usullarini ko‘rib chiqish sizga qulay va sog‘lom hayotga qaytishga yordam beradi.
Uy sharoitiga o‘zgartirishlar kiriting
Allergiya mavsumida uydagi ayrim jihozlar ham uning boshlanishiga turtki beradi. Masalan, par yostiq yoki ko‘rpalar. Allergiya davri o‘tib ketgunga qadar yoki umuman uning qo‘zg‘atuvchilaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, chang ham allergiyani qo‘zg‘atadi. Shuning uchun imkon qadar uyning chang bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Ko‘katlar iste’mol qiling
Ismaloq, salat bargi kabi ko‘katlar karotinoidlarga boy, bu allergik rinitning intensivligini kamaytirishi mumkin. Iloji boricha ulardan ko‘proq iste’mol qilish kerak.
Lekin meva, sabzavot va donli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki har bir organizm har qanday mahsulot bilan boshqacha reaksiyaga kirishadi. Allergiya davri tugagach, ushbu ovqatlarni cheklovsiz tanovul qilish mumkin.
Choyni asal bilan iching
Uyda allergiyadan qanday qutulish mumkin? Issiq choy burun yo‘llarini ochadi, asal esa yo‘talni yengillashtiradi. Bundan tashqari, ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, asal allergik simptomlarning intensivligini kamaytiradi. Ko‘pgina shifokorlar asal allergiyaga qarshi vaksina bo‘lib xizmat qilishiga ishonadi: agar u allergiya boshlanishidan oldin muntazam iste’mol qilinsa, immunitet mustahkamlanadi.
O‘simlik terapiyasini sinab ko‘ring
Maxsus dorivor o‘simliklar og‘iz orqali yuborish uchun kapsula shaklida sotiladi va allergiya alomatlarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Ba’zi shifokorlar uni qo‘llash samarasi antigistaminlarga qaraganda past emasligiga ishonchi komil.
Ko‘proq dam oling
Stress har qanday allergik reaksiyani kuchaytiradigan kortizol darajasini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odam charchaganini his qilganda simptomlar intensivligi deyarli ikki barobar ortadi. Shuning uchun me’yorida dam olish tavsiya etiladi.
Akupunkturani sinab ko‘ring
Allergiyadan qutulish mumkinmi? Akupunktura (igna sanchib davolash) ham simptomlarni kamaytirishi mumkin. Haqiqat shundaki, akupunktura allergik reaksiyaning intensivligi bog‘liq bo‘lgan stress gormonlarining miqdorini kamaytiradi.
D vitaminini qabul qiling
Bu vitamin immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Bir qator tadqiqotlar D vitaminining past darajasi va allergiya xavfining ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Ushbu vitaminni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Allergiyadan butunlay qutulish mumkinmi?
Allergiya paydo bo‘lishining oldini olishning eng yaxshi usuli — reaksiyaga sabab bo‘ladigan narsalardan uzoq yurish. Shuning uchun dastlab allergiya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlab olish zarur. Natijada allergiya mavsumida undan tiyilish hisobiga uning simptomlarini kamaytirish mumkin, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi