Odatda olmani koni foyda deyishadi, lekin aslida banan ancha foydaliroq. Chunki unda ko‘proq vitaminlar va boshqa foydali moddalar bor.
Agar banan olma bilan taqqoslansa, bananda A vitamini temirdan besh barobar ko‘p, shuningdek, fosfor ham uch barobar ortiq. Bundan tashqari, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar, C vitamini mavjud.
Banan qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Ba’zida bananni «super mahsulot» deb ham atashadi. Xo‘sh nima uchun bu meva ratsionga qo‘shilishi kerakligini quyida ma’lum qilamiz.
Oshqozon qaynashini bartaraf etadi
Noto‘g‘ri ovqatlanish ko‘pincha oshqozon qaynashiga olib keladi. Banan mevasi oshqozon kislotasini zararsizlantirishga yordam beradi va leykotsianidin deb nomlangan o‘simlik tarkibidagi modda oshqozon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi.
Quvvatni oshiradi
Bananlarda suv kam, boshqa mevalarga qaraganda kaloriya va shakar miqdori yuqori. Saxaroza, fruktoza va glyukoza kletchatka bilan birgalikda quvvatni oshiradi. Jismoniy mashqlar paytida kaliy miqdori tufayli tomir tortishishi xavfi kamayadi. Banan - jismoniy mashg‘ulot oldidan iste’mol qilinadigan eng yaxshi meva sifatida tavsiya etiladi.
Kayfiyatni ko‘taradi
Banan tarkibida yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan serotoninga aylanuvchi aminokislotalar — triptofan bor. Bu birikmalar dam olishga, tashvishlanishni kamaytirishga va hatto baxtni his qilishga yordam beradi. Qondagi triptofan darajasini oziq-ovqat yordamida ko‘tarish qiyin bo‘lsa-da, lekin banan bu vazifani a’lo darajada bajaradi.
Tabiiy kollagen
Banan tarkibida marganets ham bor, u tanaga kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi, shuningdek, terini erkin radikallardan himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi