2 400
Yuz va terining haddan ortiq quruqligi salomatlikdagi qanday muammolardan darak beradi?
Foto: Marie Claire
Ayniqsa, kuz va qish mavsumida ko‘p kuzatiladigan terining qurishiga nimalar sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qandli diabet
Terining qurishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy kasallik qandli diabet hisoblanadi. Uning rivojlanish jarayonida epidermis degidratsiyasi yuz beradi va oqibatda teri qurishni boshlaydi.
Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar
Tirsakning bukiladigan qismini haddan ortiq qurishi qalqonsimon bez bilan bilan bog‘liq muammolardan darak berishi mumkin. Gipertireoz yoki gipotireoz shu yo‘sinda rivojlanishi mumkinligi sabab terida istalgan o‘zgarishlar kuzatilsa, endokrinologga murojaat qilish kerak.
Atropik dermatit
Terining qurishi atropik dermatitga ham xos alomat sanaladi. Ammo bu tashxis bolalikda aniqlangani sabab aksariyat hollarda boshqa simptomlar ham kuzatiladi.
Kasallik bo‘lmasa, unda nima?
Yuqoridagilardan tashqari terining qurishi yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar dalolat berishi mumkin. Masalan, menopauza davrida ayollarda ko‘pincha teri elastikligi va tonusini yo‘qotadi. Teri qurishiga «zagar», sovuq havo harorati hamda A, V, S va Ye singari vitaminlar tanqisligi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, issiq vanna qabul qilish, shuningdek, skrab va boshqa epidermisni tozalovchi muolajalar ham terining qurishini keltirib chiqaradi. Bu kabi muammolarni oldini olish uchun qaynoq suvdan foydalanmaslik, qolaversa skrabdan 10-14 kundan kam oraliqda foydalanish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi