Foto: «Domashniy ochag»
Foydali ichimlik hisoblangan qahva metabolizmni yaxshilab, depressiyadan himoya qilishning o‘zi bilan cheklanmaydi, balki saraton rivojlanishining ham oldini oladi.
Ammo oshirib yuborilsa, turli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sabab ham iste’mol borasida me’yorni bilish muhim sanaladi. Quyidagi tavsiyalariga amal qilish orqali esa qahvani nafaqat mazali, balki foydali bo‘lishiga ham erishsa bo‘ladi.
Hech qachon qahvani och qoringa ichmang
Qahvani nonushtaning o‘rniga emas, balki tonggi tanovulni yakunlash uchun iste’mol qilish kerak. Tarkibi sabab vaqtincha ishtahani bo‘g‘gani va kuch bilan ta’minlagani bilan keyinchalik moddalar almashinuvi, yurak va endokrin tizimi hamda hazm a’zolarida muammo kelib chiqishi mumkin.
Qahvaga biroz sariyog‘ qo‘shing
Unchalik qaynoq bo‘lmagan qahvaga sariyog‘ yoki kokos yog‘i qo‘shing. Bunda ulardagi foydali yog‘lar «yomon» xolesterinni kamaytirish, qon bosimini me’yorlashtirish, shuningdek, yurakni himoyalash xususiyatiga ega. Qolaversa, yong‘oq yoki quritilgan mevalar bilan qo‘shib iste’mol qilinadigan qahva sog‘lom va to‘yimli tamaddi uchun eng yaxshi variant.
Dolchin qo‘shing
Mazali ekanidan tashqari, dolchin organizmni shikastlanish va erta qarishdan himoya qiladigan antioksidantlarning koni ham hisoblanadi. Qolaversa, ushbu mahsulot qondagi qand miqdorini kamaytirishi xususiyatiga ega ekani bilan ham o‘ziga xosdir.
Faqatgina filtrlangan suvdan foydalaning
Shunchaki qaynagan suvni o‘zidan foydalanish kifoya deb o‘ylaganlar yanglishadi. Filtrlangan suv og‘ir metallar va xlordan xoli bo‘ladi. Natijada salomatligingiz jiddiy xavf ostida bo‘lmaydi.
Bir martalik qog‘ozli filtrlardan foydalaning
Qahvani foydaliroq bo‘lishi uchun tayyorlash jarayonida bir martalik qog‘ozli filtrlardan foydalaning. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, qog‘oz filtrlar yordamida qahva tayyorlanganda qondagi «yomon» xolesterin miqdorini ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan birikmalar ajralib chiqib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi