Foto: Marie Claire
Temir moddasi organizmdagi a’zo va hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydigan gemoglobin sintezida muhim rol o‘ynaydi. Teri tonusi, soch va tirnoqlar ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ayollar uchun uning 18 mg kunlik me’yor hisoblanadi. Quyida qaysi mahsulotlar temir moddasiga boy ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ustritsa
Oltitadan iborat ustritsaning bir porsiyasida 6 mg temir, 60 mg kalsiy, 9 g oqsil va atigi 70 kilokaloriya mujassam bo‘ladi. Ushbu mahsulot immunitet mustahkamlanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan rux moddasining koni hamdir. Shunga qaramasdan, kuchli allergen ekanini hisobga olib, iste’mol borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.
Oq dukkakli mahsulotlar
Oq dukkakli mahsulotlarning 100 grammi kunlik kletchatkalar bilan ta’minlash bilan birga, 6 mg temir va 1100 mg kaliyni o‘z ichiga oladi. Shuningdek bu kabi mahsulotlarda oqsil, kalsiy, B guruhi vitaminlari va antioksidantlarga boy sanaladi. To‘yimli hisoblangan mahsulotning konservalangan variantida ta’mi o‘zgarishi mumkinligi sabab ham qurug‘idan foydalanish tavsiya qilinadi. Kechasi ivitib qo‘yib, bir yarim soatga yaqin vaqt davomida qaynatish kerak bo‘ladi. Uni go‘shtli salatlarga garnir qilish, sho‘rva ko‘rinishida yeyish yoki blender yordamida pyure holiga keltirish mumkin.
Jigar go‘shti
Jigarning (molning jigari nazarda tutilyapti) 100 grammida taxminan 7 mg temir moddasi, B, A, D guruhi vitaminlari bisyor bo‘ladi. Atigi 170 kaloriyaga ega hisoblangan jigar go‘shti salomatlik uchun juda ham foydali hisoblanadi. Yumshoq va xushta’m bo‘lishi uchun uni bir necha soatga sutga solib ivitib qo‘yish maslahat beriladi.
Yasmiq
Yasmiqning 100 grammida 12 mg temir moddasi borligidan tashqari, yurak faoliyati va asab tizimi uchun muhim bo‘lgan kalsiy hamda boshqa mikroelementlar serob bo‘ladi. Ushbu mahsulot odam organizmida «baxt gormoni» — serotoninga aylanadigan aminokislota triptofanning manbayi. Uning atigi 100 grammida 12 mg kletchatka mujassam bo‘ladi.
Tomat sharbati
1 stakanida atigi 1 mg temir mavjud bo‘lishiga qaramay, tomat sharbati organizmdagi moddalar almashinuvi uchun muhim sanalgan xrom, molibden va kobalt singari mikroelementlarni koni hisoblanadi. Xuddi shuncha miqdordagi tomat sharbatida organik kislotalar kunlik me’yorining 50 foizi mavjud bo‘ladi.
Ismaloq
Ismaloqning 100 grammida esa 13,5 mg temir bo‘ladi. Kaloriyasi kamligidan tashqari (23 kkal), ko‘rish qobiliyati va immun tizimi uchun ahamiyatli hisoblangan beta-karotinga ham (4,5 mg) boy sanaladi. Bu hali hammasi emas, ushbu mahsulot tish, suyak va mushak to‘qimalari uchun muhim sanalgan kalsiyni (106 mg) ham o‘z ichiga oladi.
Kartoshka
Pechda pishirilgan katta kartoshkaning bir donasida 3 mg temir, C vitamini va hujayralar metabolizmi uchun ahamiyatli bo‘lgan B guruhi vitaminlari ham mujassam bo‘ladi. Qolaversa, ushbu mahsulot kaliy va tez singuvchi mineral moddalarga boy ekani bilan ham o‘ziga xosdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi