20:20 / 16.10.2021
752

Tish yuvish pastasini to‘g‘ri tanlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Tish yuvish pastasini to‘g‘ri tanlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Foto: Marie Claire
Tishlar sog‘lom, tabassum go‘zal bo‘lishi va og‘izdan badbo‘y hid anqimasligi uchun doimiy ravishda tish yuvish pastalaridan foydalanish muhim. Ammo istalgan natijaga erishish uchun ko‘r-ko‘rona xarid qilmaslik, muhim jihatlarga e’tibor qaratish darkor.

Tish yuvish pastasining tanlanishiga turli omillar: hidi, rangi va hatto o‘ram dizayni ham ta’sir qilishi mumkin. Ammo aksariyat hollarda biz eng asosiy funksional mezonga ahamiyat bermaymiz. Tish yuvish pastalari aslini olganda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini saqlash uchun mo‘ljallangan, ammo shu bilan birga shifobaxsh va profilaktik ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Bugungi kunda har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan va tarkibida muayyan elementlar mavjud bo‘lgan ko‘plab tish yuvish pastalarini topish mumkin.

Tanlov qilishdan avval stomatolog bilan maslahatlashgan ma’qul. Ko‘rikdan keyin shifokor tish va milklaringiz qanday ahvolda ekanini aniqlab, zaruriy choralarni tanlaydi. Ammo sizni aynan nima sizni bezovta qilayotganini aniq bilgan taqdiringizda ushbu vositani mustaqil ravishda ham tanlasangiz bo‘ladi.

Gigiyenik tish yuvish pastasi
Gigiyenik tish yuvish pastasi tish va milklarida yaqqol muammo bo‘lmaganlar uchun to‘g‘ri keladi. Tarkibida davolash xususiyatiga ega bo‘lgan komponentlar bo‘lgan bu kabi vositalar og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tozalaydi, ularning yaltirashiga hissa qo‘shadi. Har kuni foydalanish uchun mo‘ljallangan mazkur tish yuvish pastalari tarkibida karbonat kalsiy, glitserin, natriy tuzi, lurilsulfat natriy, suv, shuningdek, konservantlar mavjud bo‘ladi.

Profilaktik-davolovchi tish pastalari
Profilaktik-davolovchi tish pastalari tish to‘qimalari, periodont yoki og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga ta’sir qiladi. Mazkur vositalar gigiyenik pastalar bilan solishtirganda bir nechta xususiyatlarga ega hisoblanadi. Ular orasida yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan, tinchlantiradigan va mustahkamlovchi biologik faol qo‘shimchalar, ekstraktlar, o‘simliklar, ferment va tuzlar bor.

Antiseptik xususiyatga ega tish yuvish pastalari
Shifokor og‘iz bo‘shlig‘i, paradont hujayralarida yaqqol muammolar ko‘zga tashlanishini aniqlasa, tarkibida antiseptik, fermentlar va mineral elementlar bor bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi, vitaminlar, antioksidant va shifobaxsh giyoh bor pastalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Ushbu komponentlar tabiiy moddalar almashinuvini tiklash, milklardagi muammolar, og‘iz hidlanishini bartaraf qilib, hujayralar regeneratsiyasini jadallashtiradi. Moychechak, marmarak va yashil choy ekstraktlari yallig‘lanishning oldini olishi unga barham berishi mumkin.

Oqartiruvchi tish yuvish pastasi
Shifokorlar tishdagi tosh va pigmentlardan shikoyat qilayotgan bemorlarga «abraziv», ya’ni oqartiruvchi tish yuvish vositalarini tavsiya qiladi. Bunday pastalar tish yuzasidagi bakteriya va pigmentatsiyalarni mexanik yo‘q qilish orqali samara beradi. Ichimlik sodasi, dengiz tuzi va kremniy dioksidi ham oqartiruvchi xususiyatga ega hisoblanadi. Tish emaliga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi sababli esa bunday tish pastalaridan har kuni foydalanmaslik kerak. Ulardan haftada 1-2 marta foydalanishning o‘zi kifoya.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Tish yuvish pastasini to‘g‘ri tanlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?