Foto: Pinterest
Bosh aylanishi va ko‘z oldi qorong‘ilashishi eng ko‘p uchraydigan shikoyatlardan biridir. Bosh aylanish kasallik emas, balki ko‘plab nevrologik, psixologik, yurak-qon tomir tizimi, quloq kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunga e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak.
Agar bosh aylanishi kamdan kam hollarda, masalan, mashina, samolyotda yoki to‘satdan harakat qilganda bir necha soniya davom etsa, bu organizm uchun qo‘rqinchli holat emas. Bunda miya qon tomirlarida spazm bo‘lishi natijasida miyaga kislorod va ozuqa moddalari yetkazib berilishi kamayadi va bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, ko‘ngil aynishi holatlari kuzatiladi.
Doimiy bosh aylanishi qanday kasallikdan darak beradi?
Qon bosimini pasayishi natijasida bosh aylanganda, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, tanada zaiflik, boshda keskin og‘riq paydo bo‘ladi, gohida bu holat hushdan ketishiga olib kelishi mumkin.
Qalqonsimon bez kasalliklarida ortiqcha miqdorda gormon ishlab chiqarilishi tufayli bosh aylanishi paydo bo‘ladi. Suvsizlanish natijasida qon quyuqlashadi, miyadagi mayda qon tomirlarida qon aylanishi buziladi va kislorodga to‘yinmaydi.
Vestibulyar apparati kasalliklarida bosh aylanishi ko‘ngil aynishi, qayt qilish, terlash, muvozanatni yo‘qotish bilan sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda otonevrolog shifokori bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ichki quloq zararlanganda doimiy shovqin simptomiga vaqti-vaqti bilan bosh aylanishi qo‘shilib turadi. Bunday vaqtda LOR-shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar bosh aylanishi buyumlarning ikkita ko‘rinishi, talaffuz yoki oyoq-qo‘llar harakati buzilishi bilan kechsa, bu bosh miya funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, darhol nevropatolog shifokorga murojaat qilish kerak.
Psixogen yoki nevrotik bosh aylanishi – ruhiy toliqish, arzimas narsaga xavotirlanish, qo‘rquv, tushkunlik, charchoq fonida birdan asabiylashgach bosh aylanishi kuzatiladi. Mazkur vaziyatda psixolog bilan maslahatlashgan ma’qul bo‘ladi.
Bo‘yin umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi kasalligida umurtqalar orasidan o‘tgan qon tomirlarini siqilishi oqibatida qon aylanishi buziladi va bosh aylanishiga olib keladi. Ayniqsa, noto‘g‘ri yotib qolganda, yuqoriga qaraganda, boshni keskin burganda alomat yaqqol namoyon bo‘ladi. ushbu holatda ham nevropatolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Bosh aylanish tez-tez takrorlanaversa, davriy yoki doimiy xarakterga ega bo‘lsa, albatta, shifokorga murojaat qilib, to‘liq tekshiruvlardan o‘tish lozim.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi