Foto: «Medportal.ru»
Ko‘zosti sohasida shish paydo bo‘lishi keng tarqalgan muammolardan biridir. Sababi ko‘z ostida to‘qimalar zich emas, bo‘shashgan tuzilishga ega mayda qon tomirlar ko‘p, kollagen tolalar va yog‘ to‘qimalari esa juda oz, shuning uchun ushbu soha shishishga moyil.
Ko‘zosti shish paydo bo‘lishining sabablari
Ovqatlanish rejimi buzilganda
Vaqti-vaqti bilan ertalab paydo bo‘ladi. Uyg‘ongandan keyin bir necha soat ichida yo‘qoladi. Yotishdan oldin sho‘r taomlar iste’mol qilinsa, ko‘p suyuqlik ichilsa, shish kuzatiladi. Dudlangan, achchiq mahsulotlar va spirtli ichimliklar shishga olib keladi. Shishni tezda bartaraf etish uchun bir necha daqiqaga muzdek kompress qilish tavsiya etiladi.
Ichki a’zolar kasalligi
Ko‘z ostidagi shishlar muntazam ravishda tongda paydo bo‘ladi, uzoq vaqtgacha turadi. Shuningdek, yuzning hamma qismida shish kuzatiladi. Bemor uyqudan keyin yuzida yostiq burmalarining izini ko‘rishi mumkin.
Qalqonsimon bez, buyrak, yurak-qon tomir tizimi, jigar kasalliklarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, terining rangi sarg‘ish, ko‘ngil aynishi, oyoqlarda shish, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin. Shuning uchun shishni keltirib chiqargan kasallikni aniqlash va davolash kerak.
Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar
Shish yoshi kattalarda 35—40 yoshdan keyin paydo bo‘ladi va o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi. Ko‘z atrofidagi mushaklar yosh o‘tishi bilan zaiflashadi va osilib qoladi. Natijada mushak orqasidagi yog‘ to‘qimasi mushak tolalari orqali o‘tib, uning ustiga joylashadi, oqibatda mayda qon tomirlarida turg‘unlik paydo bo‘ladi va shishga olib keladi. Buning uchun teri ostiga dorilar in’eksiyasi amalga oshirilsa, yog‘ almashunuvini normallashtiradi va shishning kamayishiga olib keladi. Yoki jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.
Irsiyat bilan bog‘liq holat
Erta bolalikdan paydo bo‘ladi va vaqt o‘tsa ham yo‘qolib ketmaydi. Ba’zi insonlarda teri ostida ortiqcha yog‘ to‘qimalari bo‘ladi, natijada qon va limfa oqimi sekinlashadi. Bu organizm holatiga bog‘liq emas. Kosmetologik uskunalar va dorilar yordamida shishlarni davolash mumkin. Masalan, radiochastotali yuz massaji — qon va limfa sirkulyatsiyasini yaxshilaydi, kollagen tolalar rivojlanishini rag‘batlantiradi, kosmetologik mezoignalar terini taranglashtiradi, shishlarni va terining osilib qolishini bartaraf etadi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi