14:39 / 29.10.2021
1 709

Bir kun ichida detoksni amalga oshirishga yordam beradigan 6 samarali usul

Bir kun ichida detoksni amalga oshirishga yordam beradigan 6 samarali usul
Foto: Cosmopolitan
Shishlar, charchoqning yuzda aks etishi va ortiqcha kilolardan qutilish uchun organizmni vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak bo‘ladi. Quyidagi tavsiyalar esa bu borada ayni muddao hisoblanadi.

10 soatlik uyqu
Kechki uyquning sifatli bo‘lishi — kuch tiklanishi va organizmni sog‘lomlashtirish uchun eng yaxshi usul. Bundan tashqari, yetarlicha tiniqib uxlash stress gormoni kortizol miqdorini kamaytirib, tanani sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Uyqu yaxshi bo‘lishi uchun xonadagi havo almashtirilgan bo‘lishi, yorug‘lik va shovqin bo‘lmasligi, shuningdek, maksimal darajada qulay bo‘lishi kerak. Yaxshisi kechki 23:00 ga qadar uyquga yotgan bo‘lish kerak. 10 soatlik uyqu organizmning tiklanishi uchun yetarli bo‘ladi.

Tongni suv ichish bilan boshlash
Tongni katta stakanda suv ichish bilan boshlang. Xuddi shuning singari uyqudan avval ham suv balansi me’yorda bo‘lishi uchun suv iching. Bu bir necha soat davomida uyquda bo‘lganimiz sabab ham muhim.

Tanani egiluvchanligini oshiradigan mashqlarni bajaring
Mutaxassislar kun davomida har soat 5 daqiqadan tananing egiluvchanligini oshiradigan mashqlarni bajarishni tavsiya qiladi. Bu charchoqni, mushaklar spazmini kamaytirib, kun davomida kaloriya sarflanishini ta’minlaydi.

Giyohli choy
Detoks-choylar aksariyat parhezshunoslarning eng sevimli vositasi hisoblanadi. Giyohli choylar nafaqat organizmni tozalashga yordam beradi, balki ochlik hissini ham kamaytiradi.

Spirtli ichimliklardan voz keching
Spirtli ichimlik — organizmdan chiqarish qiyin bo‘lgan toksin hisoblanadi. Shu sabab ham undan voz kechib, tabiiy sharbat yoki yashil smuzi ichishga o‘rganish kerak.

O‘zingizni qiynamang
Detoks sizni qiynalishingizga sabab bo‘lmasligi, tozalashga kirishganingiz hisobiga organizmingiz stressni boshdan kechirmasligi kerak. Suyuqlik ichishni kanda qilmang, mazasi va foydasi a’lo darajada bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir kun ichida detoksni amalga oshirishga yordam beradigan 6 samarali usul