Foto: Marie Claire
Ratsioningiz va siz amal qilayotgan parhez qandayligidan qat’i nazar, ayrim mahsulotlardan voz kechish organizm uchun zararli ekanini inkor qilib bo‘lmaydi. Go‘sht, tuxum, baliq, tovuq, sut mahsulotlarini taomnomadan chiqarib tashlab, faqatgina meva va sabzavotlarni o‘zini iste’mol qilish yaramaydi.
Gap shundaki, bunday ratsionni salomatlikka ta’siri qanday ekanidan darak beruvchi ilmiy faktlar ham yo‘q emas. Masalan, depressiya xavfi va Alsgeymer kasalligi sabzavotlar va mevalarga o‘tish bilan kamayadi, o‘simlik kletchatkasining serobligi «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirib hamda oshqozon-ichaklar trakti faoliyatini yaxshilaydi. Ammo shunga qaramay, bunday parhezning afzalliklariga qaraganda kamchiliklari ko‘proq bo‘ladi. Unga amal qiladiganlarda hujayra va qon aylanish jarayonlari uchun muhim bo‘lgan B12 vitamini tanqisligi kuzatiladi. Uning yetishmasligi nevrologik kasalliklar va suyaklarning mo‘rtlashishiga olib keladi. Qolaversa, bunda immunitet ham aziyat chekadi. Gap shundaki, kislota hosil qiluvchi mahsulotlardan biri qizil go‘sht sanaladi va undan voz kechish organizmdagi kislota balansini buzilishiga olib keladi. Oqibatda kasallikka qarshi kurashish samarasiz bo‘lib qoladi.
Shuningdek, meva-sabzavotli ratsionda rux moddasi, yod, kalsiy, fosfor, magniy singari muhim mikroelementlar yetishmaydi. Bunday taomnomadagi tanqislikda C-reaktiv oqsili, shuningdek, omega-3 va omega-6 aminokislotalari va boshqa bir qator moddalar qabul qilish buyuriladi.
Temir moddasining yetishmasligi vegetarianlar ratsionidagi eng katta muammolardan hisoblanadi. Bu hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashishiga olib keladi, oqibatda immunitet susayib, infeksion kasalliklarni rivojlanish xavfi ortadi. O‘tkir respirator va oshqozon kasalliklari ehtimoli 1,5-2 karra ortadi. Teri va shilliq qavatlari bilan bog‘liq muammo yuzaga kelib, energiya yetishmasligi va kuchsizlanish kuzatiladi.
Meva va sabzavotlarda hech qanday xolesterin, hatto foydalisi ham mujassam bo‘lmaydi. Xolesterin gormonlar va o‘t suyuqligining ishlab chiqarilishida, moddalar almashinuvi, D vitamini sintezida ishtirok etadi. Foydali yog‘lar bo‘lmasa, teri ham, soch va tirnoqlar ham sog‘lom bo‘lmaydi. Qolaversa, miyadagi jarayonlar yomonlashib, metabolizm sekinlashadi.
Bunday parhezga amal qilganda eng avvalo foydali moddalar bilan bog‘liq muammo keyin esa gormonlar va qalqonsimon bez faoliyatida o‘zgarish, anemiya kuzatiladi. Bundan tashqari meva va sabzavotlarning o‘zidan iborat parhez oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekadiganlarga tavsiya qilinmaydi. Oshqozon bilan muammo bo‘lmagan taqdirda ham kutilgandek tez vazn tashlanmaydi. Negaki bunday ratsiondagi mahsulotlar qorinni uzoq vaqt to‘q tutmaydi va ochlik hissi bezovta qilaveradi. Bu doimiy ravishda tamaddi qilishni istashga olib kelishi mumkin. Qolaversa, odatiy ratsionga o‘tilganidan keyin organizm ancha vaqt mahrum bo‘lgan oqsil va yog‘larni zaxira qilishi hisobiga ozish kuzatilmaydi. Shu sabab ham eng asosiysi balansli ovqatlanish va sog‘lom bo‘lish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...