07:30 / 07.11.2021
5 584

Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi ukasi va singillari haqida gapirib berdi (video)

Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi ukasi va singillari haqida gapirib berdi (video)
Xonanda Aziza Niyozmetova 2018 yil, 46 yoshida vafot etdi. Xonandaning farzandlari bugungi kunda nima ishlar bilan band, ular orasida san’at yo‘lidan ketganlar bor yoki yo‘qligi haqida Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi Nilufar Nazariy «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.

- "Men biznes sohasiga juda ham qiziqqanim sababli biznes bilan shug‘ullanaman. San’atkor bo‘lishimni onam xohlamaganlar. Miraziz ukam hozir universitetda uchinchi kursda o‘qiydi. Ham o‘qib, ham ishlaydi. Kelajakda katta marralarni zabt etish uchun hozir yaxshi harakat qilmoqda.

Diyora singlim hozir maktabda 9-sinfda o‘qiydi. Kenjamiz Madinaxon maktabga chiqish uchun tayyorlanmoqda. Baribir opaman, onani o‘rnini hech kim bosa olmaydi, lekin qo‘limdan kelganicha onamni o‘rnini bildirmaslikka harakat qilyapman.

Ukam «o‘qishini tugatib olganidan so‘ng uylanadi», deb o‘ylagan edim. Kutilmaganda to‘y bo‘lib ketdi. Meni xayolimda bular hali yosh boladek edi-da. «Opa uylanmoqchiman, nima deysiz», deganida. «Hali shoshilma», dedim. Biz bir-birimizdan hech nimani yashirmaymiz. «Opa men yaxshi ko‘raman, uylanmoqchiman, bitta gaplashib ko‘ring, sizga ham yoqadi», dedi. Xudoga shukr kelin emas, singlim deyman. Xudo xohlasa uyimizga baxt, shirindan shakar farzandlar olib kelishsin, baxtli bo‘lishsin, ilohim.

Onamning barcha orzularini amalga oshirib kelyapmiz. Mendan ko‘p intervyu so‘rashdi. Ularga aniq javob bera olmadim. Chunki onam haqida gapirganimda yig‘lamay gapira olmasdim.

Ilohim jigarlarimiz bilan hech qachon ayrilmaylik. Ular bor men ham yashayapman, kulyapman. Men jigarlarimni juda-juda yaxshi ko‘raman. Onam menga shunaqa bir baxt qoldirganlarki, ular meni jonim, ularsiz hatto nafas ham ololmayman. Ularga baxt tilayman, ilohim har doim yonimda kulib yurishsin", - dedi Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi Nilufar Nazariy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi ukasi va singillari haqida gapirib berdi (video)