Shirinlikni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib tanlov.
Kerakli mahsulotlar:
- sariyog‘ – 60 gramm;
- tuxum – 4 dona;
- shakar – 135 gramm;
- vanil – 2 osh qoshiq;
- un – 65 gramm;
- kakao – 5 osh qoshiq;
- qabartma – 1 choy qoshiq;
- qahva – 1 osh qoshiq;
- qaymoq – 360 ml;
- shakar kukuni – 3 osh qoshiq;
- qora shokolad – 120 gramm;
- tuz – 1/4 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
1. Tuxum oqlari sarig‘idan ajratiladi va mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra shakarning yarmi qo‘shilib, oppoq rang hosil bo‘lguncha mikser qilinadi.
2. Tuxum sarig‘i ham shakarning qolgan qismi va vanil bilan mikserda aralashtiriladi.
3. Sariyog‘ eritilib, sovutishga qo‘yiladi. Un 3 osh qoshiq kakao bilan elakdan o‘tkaziladi va qabartma, tuz solinadi.
4. Ustidan qahva, eritilgan sariyog‘ va tuxum sarig‘i aralashmasi quyiladi. Bir xil massa bo‘lgunga qadar mikser bilan aralashtiriladi.
5. Ko‘piritilgan tuxum asta-sekin tayyor bo‘lgan massa bilan aralashtiriladi.
6. Pishiriq qolipiga pergament qog‘ozi solinib, xamir ehtiyotkorlik bilan uning ustiga quyiladi.
7. 170 daraja pechda 10-12 daqiqa davomida pishiriladi.
8. Sochiq ustiga pergament qog‘ozi yoyiladi. Biskvit ustiga ikki osh qoshiq kakao sepiladi.
9. So‘ngra biskvit pergament ustiga olinib, sochiq bilan birgalikda rulet shaklida o‘raladi va sovutishga qo‘yiladi.
10. 240 ml qaymoq, shakar upasi va vanil mikser bilan aralashtiriladi.
11. Sovutilgan biskvit ochiladi va orasiga qaymoqli krem surtilib, yana rulet holida o‘raladi. 15-20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
12. Shokolad mayda bo‘laklarga bo‘linib, bug‘ yoki mikroto‘lqinli pechda eritib olinadi va 3-4 daqiqaga qoldiriladi.
13. Rulet ustidan eritilgan shokolad quyiladi va 30-40 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...