13:00 / 29.11.2021
1 995

Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada?

Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada?
Foto: Marie Claire
Iordaniya qirolichasining qomatiga nazar tashlab kishining havasi keladi. Uning 51 yoshda bo‘lishiga qaramay dilbar ko‘rinishining siri nimada ekani haqida Marie Claire nashri ma’lumot beradi.

Hamisha diqqat markazida bo‘lgan qirolicha Raniyaning nafaqat o‘zini tutishi, balki kiyinish uslubi ham kishini hayratlanishiga sabab bo‘ladi. To‘rt nafar farzandning onasi ekaniga qaramay, qomati hech o‘zgarmaydi. Mutaxassislarning fikricha, Raniya mahsulotlarning glikemik ko‘rsatkichi hisoblanadigan parhezga amal qiladi. Bunday ovqatlanish mahsulotlarning qondagi qand miqdoriga qanchalik ta’sir qilishiga asoslangan. Shu bilan birga, bunda nafaqat iste’mol qilinadigan mahsulotlar, balki ularning qanday tayyorlangani ham inobatga olinadi. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan mahsulotlar iste’mol qilishga qaratilgan parhez yog‘larni eritib, xolesterin bilan kurashishga qaratilgan bo‘ladi.

Foto: Marie Claire
«Parhez rejasi darhaqiqat oddiy va darhol natijaga erishishga yordam beradi. Asosiy guruhga kiradigan mahsulotlar va o‘zingiz yeydigan taomlardan jiddiy cheklanishni istamasangiz hamda balansli, sog‘lom parhezga rioya qilishni istasangiz, glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgan reja sizga yoqishi aniq», — deydi mutaxassis Julett Kellou.

GI-parhez — mahsulotlarni glikemik ko‘rsatkichi va kam uglevod porsiyasining qondagi qand miqdorini qanchalik oshirishini hisoblash orqali vazn tashlashga yordam beradigan mashhur ozish usuli hisoblanadi. Ushbu ovqatlanish tizimida uglevodni ichiga oladigan mahsulotlar 1 dan 100 gacha bo‘lgan raqamlar orqali baholanadi.

Ular quyidagicha bo‘linadi:
- glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan (70 balldan ko‘proq, 100 — glyukozadan iborat bo‘ladi);
- glikemik ko‘rsatkichi o‘rtacha bo‘lgan (56—69 ball);
- glikemik ko‘rsatkichi (55 balldan kamroq).

Ushbu parhez ko‘p mahsulotni jiddiy taqiqlanmasa-da, ayrimlarini iste’mol qilishga tavsiya qilinmaydi. Shu jumladan, non, makaron, yormalar va boshqa xamir mahsulotlari nazarda tutiladi.

Foto: Marie Claire
Iordaniya qirolichasi, bu mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilishdan cheklanishiga qaramay, ba’zi vaqtda o‘zini zararli, ammo mazali mahsulotlar bilan siylab turadi. Dam olish kunlari qirol Abdulla tomonidan tayyorlanadigan gamburgerlar qirolichaning jon-u dili. Keyin esa ortiqcha kaloriyani sarflash uchun yoga, pilates, yugurish va kikboksing bilan shug‘ullanadi. Qora shokoladni yaxshi ko‘radigan Raniya, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga harakat qiladi. Chekish, ichish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.

Ovqatlanish borasida u yuqorida ta’kidlangan tizim bilan O‘rta Yer dengizi parhezini umumlashtirishni afzal biladi. Uning taomnomasidan sabzavot, guruch, grilda pishirilgan baliq va go‘sht mahsulotlari, shuningdek, yong‘oq va bodom o‘rin oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada?