Foto: «Domashniy ochag»
Kiyim-kechaklar tekis va tartibli ko‘rinishi uchun dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish kerak.
Kiyimni quruqligicha dazmol qilish
Matoni namlamasdan dazmollamaslik, iloji boricha purkagich yoki bug‘ dazmoldan foydalanish kerak. Quruq holda dazmol qilinsa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Eng oxirida yupqa matoli kiyimlarni dazmollash
Yuqori haroratdan kuymasligi uchun teskari tartibda — birinchi yupqa matoli, keyin esa qalin matoli kiyimlarni dazmollang.
Dazmolning qizib ketishi
Agar kiyim aralash matodan tikilgan bo‘lsa, uning tarkibidagi eng nozik mato bo‘yicha dazmollang. Shunday qilsangiz, kiyimlaringiz uzoqroq xizmat qiladi.
Distillangan suvdan foydalanish
Distillangan suvga pul sarflashga hojat yo‘q. Oddiy ichimlik suvini filtrdan o‘tkazib ishlatsangiz ham bo‘ladi.
Dazmolning tagini tozalamaslik
Dazmol tozalash uchun melamin gubka, tozalovchi bo‘r sotib oling, eng arzon va oson yo‘li esa suv tomizilgan ichimlik sodali pasta bilan tozalang. Shunda dazmoldagi kuygan dog‘lar liboslaringizni zararlamaydi.
Dazmolning ichidagi suvni to‘kib yubormaslik
Hatto kunora dazmol qilsangiz ham, jarayondan keyin suv idishini bo‘shatishni esdan chiqarmang. Chunki bu dazmol ichini zang bosishidan tashqari, suv eskirishiga ham olib keladi. Buning oqibatida esa kiyimlarda dog‘ qolishi mumkin.
Noto‘g‘ri dazmol taxtasidan foydalanish
Pul tejayman deb, doskaning arzonini xarid qilmang. Dazmollash uchun rozetkasi, ushlagichi bor va yechilib ketmaydigan qoplamali taxta odatdagidan qimmatroq bo‘ladi. Biroq sifati shunga arziydi, farqi darhol seziladi.
An’anaviy dazmoldan ko‘p foydalanish
Agar oilangiz katta, kiyim-kechaklaringiz ko‘p bo‘lsa, maxsus bug‘ dazmol xarid qiling. Bu ishingizni ancha yengillashtiradi.
Haddan ortiq g‘ijim matoni dazmollash
Matoning g‘ijimi qancha kam bo‘lsa, ish shuncha oson bo‘ladi. Shuning uchun kir yuvilganda avvaliga kiyimlarni yaxshilab silkitib, keyin dorga ilish kerak. Dazmollashdan oldin uni qo‘llaringiz bilan biroz tekislashni ham unutmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi