Avstraliya va AQSH olimlarining aniqlashicha, yogurt gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
Olimlarning aniqlashicha, har kuni yogurt iste’mol qilish gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari International Dairy Journal'da chop etilgan.
Janubiy Avstraliya universiteti tadqiqotchilari Meyn universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda yogurt, qon bosimi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradigan faktorlar o‘rtasidagi munosabat bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. 1974 yildan beri AQSHning Sirakuza shahrida olib borilayotgan uzoq muddatli Maine-Syracuse Longitudinal Study, tadqiqotida qatnashgan 915 nafar kattalar ma’lumotlari tadqiqotga asos qilib olingan. Tadqiqot yurak-qon tomir kasalliklari, birinchi navbatda, gipertoniyaga bag‘ishlangan.
Tadqiqotchilar ko‘ngillilarning ovqatlanishini ularning tibbiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab, hatto vaqti-vaqti bilan yogurt iste’mol qilish ham qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlarning salomatligini yaxshilashga yordam beradi degan xulosaga kelishdi. Shu bilan birga, ushbu fermentlangan sut mahsulotini muntazam ravishda iste’mol qilganlarning ko‘rsatkichlari (120/80 millimetr simob darajasida) uni iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda yetti ball past chiqdi.
“Sut mahsulotlari, ayniqsa, yogurt qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkin. Buning sababi shundaki, sut mahsulotlari qon bosimini tartibga solishda ishtirok etadigan bir qator mikroelementlar, jumladan kalsiy, magniy va kaliyni o‘z ichiga oladi”, - deydi doktor Aleksandra Veyd.
Yogurt oqsil ishlab chiqarishni tezlashtiradigan bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa, o‘z navbatida, qon bosimiga yaxshi ta’sir qiladi, deya qo‘shimcha qildi doktor.
Bundan tashqari, olimlar ishtirokchilarda umumiy xolesterin, yuqori va past zichlikdagi lipoproteinlar, glyukoza, triglitseridlar va plazmadagi gomotsistein miqdorini kuzatib borishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...