Foto: «Domashniy ochag»
Mutaxassislar shakarni kun davomida 6 choy qoshiqdan ko‘payib ketmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Ammo zararsiz tuyulgan ayrim mahsulotlar ham shakarning koni bo‘lishi mumkin. «Domashniy ochag» nashri qaysi mahsulotlarning iste’moli asta-sekin qandli diabetni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Sushi
Guruch, baliq, dengiz mahsulotlarida shakar bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylaganlar yanglishadi. Guruch pishirilganda mazali bo‘lishi va ezilib ketmasligi uchun unga sirka, tuz va shakar qo‘shiladi. Natijada bir osh qoshiq shakar sushi uchun mo‘ljallangan bir stakan guruch ichida yashirinadi.
Konservalangan meva va sabzavotlar
Shakar meva konservasidan tashqari, tuzlangan bodring, makkajo‘xori, loviya, no‘xat va pomidorda ham mujassam bo‘ladi.
Non
Hatto javdari undan tayyorlangan non tarkibida ham shakar bo‘ladi. O‘rtacha 100 gramm nonga kamida 4 gramm shakar qo‘shiladi. Oq nonda esa undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Go‘sht mahsulotlari
Kolbasa, sosiska singari mahsulotlarining yorlig‘iga nazar tashlansa, tarkibidan shakar o‘rin olganini bilish mumkin. Aksariyat hollarda shakardan yarim tayyor go‘sht mahsulotlari o‘ziga xos rangga ega bo‘lishi uchun foydalaniladi. Salomatligiga befarq bo‘lmaganlarda bu kabi tayyor go‘sht mahsulotlaridan tiyilish maslahat beriladi.
Oqsilli batonchalar
Ko‘pincha oqsil tanqisligida yordam beradi deb o‘ylab xarid qilingan batonchalarda shakar oqsildan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.
Yogurtlar
Nonushta uchun ayni muddao bo‘lgan yogurt tarkibidagi shakar miqdori nafaqat, bolalar balki kattalar uchun ham ortiqchalik qiladi.
Meva sharbatlari
Qadog‘ida «shakarsiz» deb yozilganiga qaramay, hatto tabiiy sharbat tarkibida ham ham shakar borligini inkor qilib bo‘lmaydi. Glyukoza paydo bo‘lishining oldini oladigan kletchatkalar yo‘qligi hisobiga esa sharbatdagi shakar bir zumda qonga singadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro moliya bozori sharhi...
Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi