11:53 / 19.12.2021
1 624

Qandli diabetda xamirli yeguliklarni iste’mol qilsa bo‘ladimi?

Qandli diabetda xamirli yeguliklarni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
Foto: Vogue
Agar mahsulotlar miqdori oshirib yuborilmasa, zararlisi foydaliga almashtirilsa, qandli diabet bilan kasallangan bemorlar ham xamirli yeguliklarni yeyishi mumkin. Ammo iste’mol borasida me’yorni bilish va jismoniy faol bo‘lishni esdan chiqarmaslik kerak.

Un bu shunchaki boshoqli mahsulotlarning yanchilib, qayta ishlangan varianti hisoblanadi. Boshoqlilarga nafaqat bug‘doy, balki, suli, grechka, guruch kirgani sabab ham ularning unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin. Ayniqsa, bug‘doy, suli va javdar uni kepagining tarkibidagi eruvchan kletchatkalar salomatlik uchun foydali hisoblanadi — oshqozonda ular ichaklar mikroflorasini oziqlantirishga xizmat qiladigan gelga aylanadi. Pishirish jarayonida tarkibdagi ushbu kletchatka miqdori o‘zgarmaydi.

Uglevod qancha miqdorda bo‘lishi kerak?
Kun davomidagi har bir ovqatlanish davomida 25-40 gramm uglevod qabul qilish bilan cheklanish kerakligi aytiladi. Agar ushbu uglevodlar, asosan, kletchatkaga boy sabzavot bo‘lsa, unda biroz xamirli yeguliklarni iste’mol qilsa bo‘ladi. Ammo bu borada shifokorning ko‘rsatmasi ko‘proq muhimdir. Chunki kimlargadir uglevod miqdorini ko‘proq cheklash tavsiya qilinishi mumkin.

Shirin qandolat mahsulotlarining tarkibida nimalar bo‘ladi?
Bunday mahsulotlarda shakar, un va yog‘ bo‘lishi glikemik indeksning yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Uglevod va glyukoza ko‘p bo‘ladi. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga shirin qandolat mahsulotlaridan tiyilish tavsiya qilinadi. Ammo sog‘lom odam ham bu borada me’yorni bilishi kerak, aks holda sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni orttirib olish mumkin.

Shirin qandolat mahsulotining 100 grammida:
kaloriya — 350-400 kkal;
oqsil — 5-7 g;
yog‘lar — 20 g;
uglevodlar — 45-50 g;
kletchatka — 1-3 g.
Quymoq va olade

Mazali quymoq va oladelarni shakar va sariyog‘siz pishirish imkonsiz. Qandli diabetda esa aynan ushbu ikki mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi. Shuni hisobga olgan holda, quymoqni suli yormasi va tuxumning o‘zidan tayyorlash tavsiya qilinadi. Uning glikemik indeksi nisbatan ancha kam.

Non
Yuqori navli tozalangan bug‘doy unining 30-50 foizini butun don yoki boshqa boshoqlilardan tayyorlangan unga almashtirish tavsiya qilinadi.

Non tarkibidagi uglevod va kletchatka:
- shirin non va qandolat mahsulotlari — 46 gramm uglevod (undan 3 grammi kletchatka, 11 grammi esa shakar);
- oq non — 49 gramm uglevod (3 gramm kletchatka va 5 gramm shakar);
- javdar non — 48 gramm uglevod (6 gramm kletchatka va 4 gramm shakar);
- butun dondan tayyorlangan non — 43 gramm uglevod (undan 7 grammi kletchatka va 6 grammi shakar).

Non tarkibidan boshqa quyidagi mahsulotlarning o‘rin olishi nafaqat glikemik indeksning yuqori bo‘lmasligi balki mazali va to‘yimli chiqishini ham ta’minlaydi.

Chia urug‘i
Chia urug‘ida qon tomirlar faoliyati uchun muhim bo‘lgan arginin bisyor bo‘ladi. Qolaversa, ushbu mahsulot xolesterin miqdorini kamaytirishi ham tadqiqotlarda aniqlangan.

Zig‘ir urug‘i
Zig‘ir urug‘ida nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham muhim bo‘lgan fitoestrogenlar serob.

Qovoq urug‘i
Temir moddasi va boshqa minerallarning koni bo‘lgan ushbu mahsulotni doimiy ravishda iste’mol qilish hujayralarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini yaxshilashi mumkin.

Qo‘shimcha tavsiyalar
Yaxshisi, xamirli yeguliklarni uyda, mahsulotlarning sifatli va zararsizini qo‘shib, o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlang. Tayyorlash jarayonida qandli diabetda foydali ekani isbotlangan maydalangan yong‘oqlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qandli diabetda xamirli yeguliklarni iste’mol qilsa bo‘ladimi?