Foto: Marie Claire
Nafaqat tashqi ko‘rinish, balki salomatlikdagi jiddiy muammodan qutulish uchun nima qilish kerakligi haqida mutaxassis Aleksey Ulishenko javob berib o‘tadi.
Ushbu muammoga yechim topish uchun mahalliy og‘riqqa qarshi kurashishning o‘zi kifoya qilmaydi. Dastlab kelib chiqish sabablarini aniqlashtirib olish kerak.
Bukchayib qolish
Yelka va bo‘yin sohasida zo‘riqish va oldinga egilish holati kuzatiladimi? Gap shundaki, bo‘yin va yelkalar tayanch apparatining bir qismi hisoblanadi. Organizmda esa hamma narsa bir-biri bilan aloqador. Agar umurtqaning pastki qismlarida muammo bo‘lsa, bu yuqori qismlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Odam boshini atigi 15° egsa, bo‘yinlar zo‘riqishi ikki karra ko‘payadi. 60° bo‘lganda esa zo‘riqish tobora ortadi. Oqibatda og‘riq va og‘irlik seziladi. Aynan shu sabab ham kitob o‘qiganda yoki kompyuter qarshisida boshingizni tik tutishga harakat qiling.
Ko‘p o‘tirish
Kunini, asosan, o‘tirib o‘tkazadiganlarda ham xavf yuqori bo‘ladi. Aynan shu sabab ish orasida yengil mashqlarni bajarishga harakat qiling.
Sal narsaga tashvishlanish
Xavotir va tashvishlanganda ham yelkalarni qisib olish kuzatilishi mumkin. Shuni yodda tutgan holda tinchlanish va ortiqcha asabiylashmaslikka harakat qiling. Unutmang, hamma narsaga yechim topsa bo‘ladi. Hal qilib bo‘lmaydigan muammoni esa ortga tashlash kerak.
Diskomfort va zo‘riqishning qanday xavfi bor?
Bo‘yin sohasidagi diskomfort muammo tananing boshqa qismlarida ham kuzatilayotganidan darak beradi. Ushbu tana qismidagi qon aylanishi yuzdagi qon tomirlar uchun kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi.
Agar mushaklar qisilib tursa, mikroelementlar bilan ta’minlanishda muammo kuzatiladi. To‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi, limfa bosh sohasida to‘planib, shishlar paydo bo‘ladi. Buning hisobiga yuz tuzilishida o‘zgarish kuzatiladi, ko‘rish qobiliyatida muammo kuzatiladi, ajin paydo bo‘lib, bosh og‘rig‘i bezovta qiladi.
Bo‘yinlardagi zo‘riqishni bartaraf qilishga yordam beruvchi mashqlar
- Qo‘llarni bo‘yin va ko‘krak qafasi sohasiga qo‘yib, chuqur nafas oling. Bu vaqtda qo‘lingiz zo‘riqish kuzatilayotgan sohaga tegib tursin. Spazm bo‘yinning orqa qismida bo‘lsa, boshni oldinga eging.
- Mushaklarni massaj qilish ham yaxshi samara beradi. Bo‘yinning orqa qismini yengil harakatlar bilan massaj qiling.
- Bo‘yin sohasida qo‘llarni birlashtirib, boshingizni oldinga va orqaga buking. O‘nga va chapga qarang. Agar o‘zingizni yengil his qilsangiz, demak mashqni to‘g‘ri bajargan bo‘lasiz.
- Qo‘llarni bo‘yin sohasidan olmasdan turib, boshni aylanma harakatlantiring. Bo‘yin sohasidagi mushaklarning maksimal cho‘zilishiga e’tibor qarating. Orqa va oldinga aylanma harakatlarning har biri 2 daqiqa davom etishi kerak.
- Bo‘yinning chap qismini ushlab, ensa va quloqni o‘ng tomonga buking. Keyin xuddi shu mashqni bo‘yinning o‘ng tomonida bajaring.
Doimiy ravishda mashqlar bajarilsa, ijobiy natija seziladi. Yanada yaxshi samara berishi uchun esa faqat bo‘yin emas, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarga ham ahamiyat berish kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar